Ozbekistonda songgi standartlarga javob beradigan 31 ta maxsus tergov xonasi tashkil etildi

Ozbekistonda har bir tergovchi va surishtiruvchi kabinetlari veb kamera bilan taminlandi. Oxirgi standartlarga javob beradigan 31 ta maxsus tergov xonasi tashkil etilib, ular audio va video qayd etish bilan jihozlangan. Bu haqda Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi Daryoga malum qildi. Foto: OzAXabar berilishicha, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarda asosiy maqsadlaridan biri mustaqil tergov va surishtiruv tizimini shakllantirish hisoblanadi.Vazirlikning qayd etishicha, ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ijtimoiy xavfi kichik va uncha ogir bolmagan jinoyatlar boyicha qisqa muddatli surishtiruv instituti joriy etildi. Buning natijasida shu turdagi jinoyat ishlarini tergov qilish muddati uch oydan bir oyga qisqardi.Tergov jarayonida fuqarolarning qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish va tahqirlash kabi qonunbuzilishiga yol qoymaslik maqsadida videokuzatuv imkoniyatidan keng foydalanilmoqda.Bundan tashqari, jinoyatga aloqadorlikni aniqlash borasida soroq qilinishi mumkin bolgan barcha maxsus qabulxonalar, reabilitatsiya markazlari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalariga jami uch mingdan ortiq videokuzatuv moslamasi ornatildi.Shu bilan birga ushbu muassasalarda advokatlar uchun videokuzatuv vositalari hamda eshitish moslamalari ornatilmagan alohida xonalar tashkil etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0