MIB “Sho‘rtan” futbol klubi rahbari boshqaruvidagi Malibu, Lacetti va boshqa mashinalarni qarzdorlik uchun hatladi (foto)

G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubi rahbari boshqaruvidagi Malibu, Lacetti, klub ixtiyoridagi Matiz hamda avtobus qarzdorlik tufayli MIB xodimlari tomonidan hatlovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova ma’lum qildi. Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmatiXabarga ko‘ra, jamoaning soliqlardan qardorligi 470 million so‘mni tashkil etadi.Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 7-sentabrdagi ijro varaqasiga asosan klub zimmasida 110 million 663 ming 983 so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan. 2019-yil 27-sentabrdagi ijro varaqasida ushbu mablag‘ga 358 million 344 ming 98 so‘m qo‘shilgan va futbol klubining qarzdorligi qariyb 470 million so‘mga yetgan.“Ogohlantirishlarga qaramay, klub qarzdorlikni bartaraf etmadi, oqibatda Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan majburiy tartibda undirish belgilandi”, — deyiladi boshqarma axborot xizmatining xabarida.17-dekabr, seshanba kuni klub rahbari boshqaruvidagi Malibu va Lacetti rusumidagi avtomobillar, shuningdek, Matiz hamda avtobus MIB vakillari tomonidan hatlab olingan. Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmatiKlub Byuro tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf qilmasa, mashinalar auksionda sotiladi va tushgan pullar qarzni qoplashga sarf etiladi. Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Foto: MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0