Ozbekistonda jahon talablariga javob beruvchi uchta golf klubi tashkil etiladi

Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida jahon talablariga javob beruvchi uchta yangi golf klubi ochiladi. Gazeta.uzning xabar berishicha, bu haqda bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov 17-sentabr kuni Amirsoy tog-changi kurorti ochilishiga bagishlangan matbuot anjumanida malum qildi. Foto: Ozbekiston golf federatsiyasiBiz sayyohlik infratuzilmalarimizni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz. Butun dunyodan sayyohlarni jalb qilish uchun golf klublarini tashkil etishimiz ham muhim. Hozirda golf klublarini barpo etish boyicha uchta loyiha boshlandi, degan bosh vazir orinbosari.U qoshni Qozogistonda jahon talablariga javob beruvchi 4 ta golf klublari faoliyat korsatayotganini takidlab otdi. Ozbekistonda bunday majmualar yoq, dedi bosh vazir orinbosari. Toshkent viloyatidagi kollarda faoliyat korsatayotgan Toshkent golf klubi jahon talablariga javob bermaydi.Oylaymanki, yangi golf klublari ham xorijdan juda kop sayyohlarni jalb qiladi. Va albatta, bizga, xalqimizga, davlatimizga daromad keltiradi. Va ertaga budjetga soliq tolaydigan katta turistik kompaniyalar tashkil etilishi uchun katta biznes imkoniyatga aylanadi, degan Aziz Abduhakimov.Avgustda Ozbekiston Adliya vazirligi hukumat qaroriga tayangan holda Jizzax viloyatining Gallaorol tumanida 200 gektar maydonda golf oyinlari uchun majmua qurilishi haqida xabar qilgan edi. Loyihani amalga oshirish uchun Mirasmanda Golf Resort masuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Majmua hududida golf boyicha professional va havaskor musobaqalar otkazish rejalashtirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0