Raqamlar sozlaganda: Barselona Real oyiniga oid qiziqarli fakt va statistikalar

Ispaniya chempionatining 10-tur qoldirilgan uchrashuvi doirasida Barselona jamoasi oz maydonida Real Madridni qabul qiladi. Oyin 18-dekabrdan 19-dekabrga otar kechasi 00:00da boshlanadi. Foto: Real FCDaryo ushbu uchrashuvga oid qiziqarli fakt va statistikalarni taqdim etadi.Barselona va Real barcha musobaqalar doirasida jami 242 marta toqnash kelgan. Ularning 96 tasida kataloniyaliklarning qoli baland kelgan bolsa, Real 95 marta yutuqqa erishgan. Yana 51 oyinda durang qayd etilgan. 2019-yilning mart oyidaBarselona 88 yil deganda ilk borozaro oyinlardagi galabalar soni boyichaRealni ortda qoldirgandi.Ushbu jamoalar ortasidagi ilk oyin 1902-yilning 13 may kuni bolib otgan. Unda katalonlar 3:1 hisobida zafar quchgan. Ispaniya chempionati doirasidagi birinchi oyin esa 1929-yil, liga tashkil etilgan paytda bolib otgan va unda madridilkar 2:1 hisobida galaba erishgan. Malumot uchun, Barselona va Real shuningdek, Bilbaoning Atletik klubi Ispaniya oliy divizionida muntazam ishtirok etib kelayotgan jamoalar hisoblanadi.Mavzuga doir:Barselona yana Realga qarshi. El-Klasiko borasidagi bilimlaringizni sinab koring!El-Klasiko tarixidagi eng yirik galaba 11:1 hisobi. 1943-yilning iyun oyida Real Ispaniya Kubogi yarim finalining javob bahsida shunday hisob qayd etgan holda Barselonadan ustun kelgandi. Qizigi, birinchi bahsda Barselona 3:0 hisobda galabaga erishgan. Foto: MarcaKlasiko tarixidagi eng uzun maglubiyatsiz seriya Barselonaga tegishli. 1917-yilning noyabridan 1928-yilning iyuniga qadar katalonlar ketma-ket 13 ta oyinda Realga yutqazmagan. Qaymoqranglilarning esa bu boradagi eng yaxshi korsatkichi 10 ta oyinga teng (1931-yil yanvaridan 1935-yilning fevraliga qadar).Mavzuga doir:El-Klasiko oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda?Real 19842003-yillar mobaynida Kamp Nouda birorta galabaga erisha olmagan. Real ozining eng yaxshi holatida boladimi yoki Barselona eng yomon formadami, farqi yoq. 19 yil mobaynida Barselonada qolga kiritilgan bir ochko Real uchun yaxshi natija hisoblangan. Bu seriyaga 2003-yilning 7-dekabrida Galaktikos tomonidan nuqta yoqilgandi. Oshanda Roberto Karlos va Ronaldoning golliga Patrik Klyuyvert yagona kiritilagn top bilan javob qaytargandi. Foto: Yandex Photos1948-yilning yanvaridan 1954-yilning noyabriga qadar El-Klasiko oyinlarida murosa yoli tanlanmagan. Jamoalar ketma-ket 18 ta uchrashuvda golib nomini aniq qilgan va bu rekord hisoblanadi.Leo Messi faoliyati mobaynida 41 marta Realga qarshi oyin otkazgan. Argentinalik futbolchi bu oyinlarda 26 gol va 14 ta masarali uzatma amalga oshirgan. Messi klasiko tarixidagi eng yaxshi topurar hisoblanadi.Barselona barcha musobaqalarni inobatga olganda Realga qarshi kechgan songgi oltita uchrashuvda maglubiyatga uchramadi. Foto: Getty ImagesBarselona La Liga doirasidagi songgi tortta uy oyinida kamida torttadan gol urmoqda Malyorka (5:2), Selta (4:1), Valyadolid (5:1), Sevilya (4:0). Bundan tashqari ushbu mavsumdagi yettita uy oyinidan faqat bittasida yirik hisob qayd etilmagan.Real Primerada songgi yettita oyindan buyon maglubiyatsiz seriya qayd etmoqda.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0