Daryo fotomuxbiri Madina Nurman Tahsin mukofotini qolga kiritdi

Daryo internet nashri fotomuxbiri Madina Nurman Tahsin tanlovining Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun nominatsiyasi boyicha taqdirlandi. Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmatiYoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan Tahsin mukofotining taqdirlash marosimi Yoshlar ijod saroyida otkazildi.Tadbirda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, Ozbekiston Yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Tanlovga noyabr oyi davomida vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xojaligi, fan-talim, ijtimoiy soha, sanat, madaniyat, jurnalistika hamda sport sohalaridagi 22 ta nominatsiya boyicha 500 nafar nomzod tavsiya etilgan edi.Tahsin mukofoti goliblarini tantanali taqdirlash marosimini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi. Ilk mukofotni Qurolli Kuchlar sohasida Ozbekiston nufuzini oshirishga qoshgan munosib hissasi uchun nominatsiyasi boyicha Navoiy viloyati DXX Chegara qoshinlaridagi Ozbekiston yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi raisi Zumrad Torayeva va Mudofaa vazirligining xalqaro Armiya2019 tanlovida golib bolgan tankchilar ekipaji qolga kiritdi.Ozbek tilida masofaviy talim olish imkoniyatlari rivojiga qoshgan hissasi uchun nominatsiyasiga Xan Akademiyasi munosib topildi.Ilm-fan sohasini rivojlantirishdagi kuchli irodasi va matonati uchun mukofotini Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov hamda Ozbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi direktori Rano Shodiyeva topshirdi. Mazkur nominatsiyada kozi ojizlar uchun brayl alifbosidagi ingliz tilidagi ilk oquv qollanmani yaratishda hissa qoshgan Xurshid Toshev golib boldi.Sanat sohasidagi iqtidori uchun nominatsiyasi boyicha kozi ojizlar musiqa maktabi oqituvchisi, xalqaro tanlov golibi, pianinochi Sevara Mirsiddiqova galaba qozondi.Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashabbuskorligi uchun Shohijahon Dehqonovga mukofotni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Inhauniversiteti bosh menejeri Hilola Umarova topshirdi.Atrof-muhit ozodaligini taminlashdagi tashabbuskorligi uchun nominatsiyasida Hashar week loyihasi asoschisi Suna Pak va Jarqorgonda ormonzor yaratgan Namoz Jumayev zafar quchdi. Ularni Smartgov Consultingtashkiloti rahbari, bloger Aziza Umarova va bloger Nikita Makarenko taqdirladi.Haykaltaroshlik yonalishi rivojidagi tashabbusi uchun Bahrom Norboyev, Kitobxonlikni rivojlantirishdagi tashabbusi uchun Asaxiy books asoschisi Firuz Allayev, Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun nominatsiyalarida Daryo fotomuxbiri Madina Nurmanova golibga aylandi. Jurnalist Baxtiyor Nasimov, Yosh kitobxon tanlovi golibi, Chegarasiz loyihasi qahramoni Mahliyo Oroqova hamda bloger Dima Qayum sovrindorlarga muvaffaqiyat tiladi.Mamlakat sport imijini kotarishda qoshgan hissasi uchun nominatsiyasi boyicha mukofotni futbolchi Eldor Shomurodov va ogir atletikachi Kumush Fayzullayeva qolga kiritdi. Gimnastika boyicha jahon chempioni Oksana Chusovitina va Sport sharxlovchisi Mirzahakim Toxtamirzayev sportchilarni samimiy qutladi.Bolalar va yoshlar ortasida volontyorlik harakati rivojiga qoshgan hissasi uchun nominatsiyasi boyicha mukofot Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Ibrohim Hojiyev va ekspert Dilfuza Qurolova tomonidan Jizzax viloyati vakili, 2018/2019-oquv yilida Respublika Kamalak bolalar tashkiloti sardori Dilshod Sharofov va Toshkent shahri Vremya Chudes volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidovaga topshirildi.Tadbirkorlik yonalishida korsatgan tashabbusi uchun Toshkent shahri Navoiy viloyatida hol va quruq mevalar eksporti bilan shugullanuvchi Teodora Goods hamda Teodora Grupp MChJlari rahbari Dildora Atajonova va MFaktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar taqdirlandi. MFaktor loyihasi asoschilari taqdim etilgan 10 million som miqdoridagi mukofot pulini bloger Dima Qayum kutubxonasi ravnaqi uchun sovga qildi.Yuksak mehr va etibor uchun yonalishida Toshkent shahri Mehrli qollar loyihasi muallifi Bahrom Aliyev, Mehribon yurak aksiyasida yurak xastaligiga chalingan, jarrohlik amaliyotiga zarurati bolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti ogir bolgan 14 nafar bolaga begaraz jarrohlik amaliyotini otkazgan bosh shifokor Murod Ahmedov, Yoshlar telekanalida 7-qadam xayriya loyihasi muallifi Hamza Jumayev hamda Kun.uz internet nashri xayriya loyihasi asoschilari etirof etildi.Yuksak insoniylik, mardlik va jasorati uchun nominatsiyasiga Olamafroz Abdullayev munosib topildi. Mukofotni Ozbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sadullayev topshirdi. Olamafroz Rossiya federatsiyasining Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yuz bergan baxtsiz hodisada oz hayotini xavf ostiga qoyib 8 nafar insonni birinchilardan bolib qutqargan. Ushbu qahramonligi uchun Chelyabinsk viloyati tomonidan Speshite delat dobro medali bilan taqdirlangan.Tanlov goliblarining har biri 10 million somdan pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandi. Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0