OzLiDePdan deputatlikka nomzod saylovchilarga arzon narxda un va yog sotgani uchun javobgarlikka tortildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligi OzLiDeP tomonidan nomzodi qoyilgan shaxs oz saylovoldi tashviqotiga qonunga zid tarzda olib borgani aniqlandi. Bu haqda Daryoga Bosh prokuratura matbuot xizmati malum qildi. Foto: OzLiDePQayd etilishicha, Saylov kodeksining 44-moddasiga kora deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar korsatish bilan qoshib olib borish taqiqlangan.Shunga qaramay, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi korsatilgan A.M.Ahmedov 15-dekabrda Chilonzor tumani Katta Chilonzor-1 mahalla fuqarolar yigini va 16-dekabrda Katta Chilonzor-2 mahalla fuqarolar yigini hududida otkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, Ozlidep logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini korsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.U oz harakatlari bilan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarlikni sodir etgan. Holat yuzasidan A.M.Ahmedovga nisbatan MJtKning 515-moddasi bilan mamuriy javobgarlik togrisida ish qozgatilib, toplangan hujjatlar mazmunan korib chiqish uchun mamuriy ishlar boyicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0