Inqiroz tufayli 12 ta mamlakatga bolib berilgan Yevro2020. Bu qanday sodir bolgandi?

UEFA tashkiloti 2012-yilning 6-dekabrida Yevropa chempionatining yubiley musobaqasi (2020-yilda ilk musobaqa otkazilganiga 60 yil toladi) mintaqaning bir nechta mamlakatida otkazilishini malum qildi. Bitta mamlakatda bayram uyushtirgandan kora, 2020-yilda Yevropada tarixdagi eng katta tantana tashkil etiladi, degandi oshavaqtda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlaydigan Janni Infantino. Foto: UEFAYevro2020 mezbonligiga faqat Turkiya tomonidan jiddiy qiziqish bor ediUEFAning osha vaqtdagi rahbari Mishel Platini mazkur musobaqa butun Yevropa boylab otkazilishini Polsha va Ukrainada otgan Yevro2012 finalidan oldin aytgandi. Bu goya menga yoqmoqda. Moliyaviy jihatdan oson boladi. Londondan Kardiffga yetib borgandan, Parij yoki Berlinga yol olish qulayroq. Bu qabul qilishimiz kerak bolgan siyosiy qaror. Shunda stadion yoki aeroport qurishga togri kelmaydi. Moliyaviy inqiroz vaqtida juda qol kelishi mumkin. Ushbu goya Yevro2012 musobaqasida yuzaga kelgan bazi tashkiliy masalalardagi muammolar fonida muhokama qilinar edi. Osha vaqtda noqulay logistika tufayli bazan stadiondagiayrim joylar bosh qolib ketgandi.Barchasi yarim yil ichida hal etildi garchi bunga harakat Platini elon qilgan kundan ancha oldin boshlangan bolsa-da. Platini moliyaviy inqiroz haqida bekorga gapirmagan edi, aynan mana shu jihat formatning keskin ozgartirilishiga sabab boldi. 2010-yilda Yevropada qarzlar tufayli inqiroz yuzaga keldi, bu esa Yevroittifoqdagi barcha mamlakatlarga tasir otkazdi. 2020-yilgi musobaqani ozida otkazishga 100% tayyor mamlakat faqat Turkiya edi. Qolgan davogarlar esa faqat mezbonlik qilish borasida qiziqish bildirgandi, xolos (masalan, Uels, Shotladiya va Irladiyaning birgalikdagi arizasi). Foto: Yandex PhotosBiroq Turkiyada ham oziga xos muammo bor edi: Istanbul parallel ravishda Olimpiada oyinlariga mezbonlik qilish uchun ham oz nomzodini qoygandi, bu oz navbatida kutishni talab qilardi. Platini esa vaqtni behuda sarflashni umuman istamasdi: Biz Turkiya Olimpiada mezbonligi masalasida javob olishini kutib turmoqchi emasmiz. Bu bizga muammo tugdiradi. Bizda boshqa davogarlar ham bor. Ularning har birida Yevroni otkazishga imkoniyat bor. U barchasini birma-bir tushuntirdi: Men Turkiyani tanlashimni aytgandim, biroq turklar Olimpiadani tanladi. Ular Olimpiya oyinlarini istayotgan vaqtda u yerda Yevroni otkazib bolmasdi. Oxir oqibat Turkiya na Yevroga ega boldi, na Olimpiadaga.Kaddafi shunday tizimdagi Jahon Chempionatini Afrikada otkazmoqchi bolgandiUmuman olganda bu yangi goya emas edi Platini uni Arab bahori vaqtida vafot etgan Liviya sobiq yetakchisidan olgandi. Muammar Kaddafi ozining goyalarini butun Afrikaga yoymoqchi bolgan: u bir necha bor Birlashgan Afrika shtatlari tuzishni va mintaqani birlashtirishni taklif qilgandi. Kaddafi shuningdek, futbolni ham juda yoqtirardi uning ogli Italiyada oynar, ozi esa Afrika hududida qandaydir musobaqa tashkil etishni istardi. U hatto Jahon Chempionati mezbonligi navbati Afrikaga kelib qolganidan foydalanib, JCh2010 musobaqasini bir nechta mamlakatda otkazishni xohlagandi.Ammo osha vaqtda uni hech kim qollab-quvvatlamadi, natijada musobaqa JARda bolib otdi. Qizigi shundaki, osha vaqtdagi UEFA va FIFA prezidentlari Mishel Platini hamda Zepp Blatterning bu boradagi gaplari bir-biridan farq qiladi. Foto: Sports.ruPlatini shunday degandi: Men FIFA prezidentidan tabrik qabul qilib oldim, u mazkur qarorni qoyilmaqom deb atadi. Va bir necha yil avval kimdir Afrika Millatlar Kubogida shunga oxshash goyani qollamoqchi bolganini takidladi. Bu inson Kaddafi edi.Blatter esa Platinining bu gaplaridan bir yil otib butkul boshqacha fikr bildirdi: Musobaqa bitta mamlakatda otkazilishi kerak. Faqat shu orqali xursandchilik va bir xillik xosil qilish mumkin. 2020-yilgi musobaqa boy berildi, bu endi Yevro emas. Unga qalb va yurak yetishmaydi. Buni nima deb nomlashni ham bilmayman.Men Platiniga Liviya sobiq rahbari Kaddafi bilan Afrikada otishi kerak bolgan Jahon Chempionati haqida gaplashganimni aytgandim. Kaddafi musobaqani 53 ta mamlakatda otkazib, final JARda bolishini xohlagandi. U bu goyaga ishonardi, biroq men bu aqlga sigmasligini aytganman. Platiniga esa shunchaki bu goya yangi emasligini aytgandim.Guruhlarga ajratishda katta muammolarga duch kelindi Foto: Yandex PhotosBlatterning tanqidlariga qaramay, UEFA ijroqomi goyani maqulladi. 2013-yilda UEFA 13 ta mezbondan biriga aylanishni istagan mamlakatlarga kasting elon qildi. Arizalar ikki xil shaklda korib chiqildi: standart paket (faqat guruh oyinlari mezbonligi) va plef-off paketi (guruh va plef-off oyinlari mezbonligi).Yevropaning 33 mamlakati bunga qiziqish bildirdi, bazilar tanlash imkoniyati bolishi uchun 24 tadan stadionni taqdim etdi. Biroq shartlarda faqat bitta stadion nomini korsatish va iloji boricha mazkur stadionda Yevro musobaqasi otkazilmagan bolishi soraldi.Natijada davogarlarning yarmiga yaqini tanlovni tark etdi va songgi royxatdan 19 ta shahar joy oldi. Hal qiluvchi bosqichda Belarus, Bolgariya, Isroil va Makedoniya mamlakatlari talablarga javob bera olmagani uchun royxatdan tushib qoldi. Shvetsiya va Uels esa ovoz berish jarayonida kam ball topladi.Keyinchalik esa mezbonlar soni 13 tadan 12 taga kamaydi. Sababi Belgiyadagi stadion qurilishi chozilib ketdi. Bryussel yaqinida qad rostlashi kerak bolgan stadionning qurilish ishlari siyosiy va moliyaviy vaziyat tufayli 2017-yilning dekabriga kelib ham boshlanmagandi, natijada UEFA Belgiyani royxatdan chiqardi, keyinchalik qurilish ham bekor qilindi. Bu musobaqa final bosqichi qura jarayoniga jiddiy tasir otkazdi. Belgiyaning Yevro2020 guruh bosqichidagi raqiblari quragacha aniq bolgani haqida avvalroq (batafsil) yozgandik.Mavzuga doir:Yevro2020 ga oz vaqt qolmoqda. Quragacha bilishingiz kerak bolgan jihatlar haqidaOxir-oqibat mezbon shaharlar royxati quyidagicha korinish oldi: Amsterdam, Baku, Bilbao, Budapesht, Buxarest, Dublin, Glazgo, Kopengagen, Myunxen, Rim, Sankt-Peterburg va London. Bryusselning kvotasi ham Londonga otib ketdi. Foto: Getty ImagesBu albatta, hal qiluvchi bosqich qura jarayoniga ham tasir qilmay qolmadi. Mezbon shaharlar juftlarga ajratildi, birinchi navbatda ular gegorafik jihatdan yaqinroq bolishi inobatga olindi. Juftliklar mana bunday korinish oldi:Rim va Boku (A guruhi), Sankt-Peterburg va Kopengagen (B guruhi), Amsterdam va Buxarest (C guruhi), London va Glazgo (D guruhi), Bilbao va Dublin (E guruhi), Myunxen va Budapesht (F guruhi).Bular orasida Rim va Boku juftligi savollar uygotdi. Ozarbayjon Yevropa mamlakatlari uchun eng uzoq parvoz qilinadigan joy hisoblanadi. UEFA esa anchadan buyon bir-biridan uzoqda joylashgan davlatlarni ozaro toqnash kelishini oldini olishga intilmoqda. Masalan, Ozarbayjon uchun Portugaliya, Islandiya va Gibraltar uzoq hisoblanadi, shu sabab, qura paytida ularni ajratib qoyishadi.Mavzuga oid:Yevro2020 musobaqasiga qura tashlandiQaror chiqarilgan 2014-yilda kop joyda stadionlar tayyor emas edi bazi joylarda endi qurilish boshlangan, qayerlardadir endi loyihalash ishlari olib borilayotgandi. Bu vaqtda faqat Amsterdam, Glazgo, Kopengagen, London, Myunxen va Rimda ishlar ketayotgandi. Keyinchalik Bolqon va Peterburgda yangi stadionlar qurildi, eng songgisi esa yaqinda foydalanishga topshirilgan Budapeshtdagi Frens Pushkash arenasi boldi. Mazkur stadionning ochilish oyinida 15-noyabr kuni Vengriya terma jamoasi Urugvay bilan bahs yuritdiKeyingi Yevropa Chempionati Germaniya bolib otadi, format ozgarmaydi Foto: Yandex Photos24 jamoadan iborat format ham tanqid ostiga olindi, biroq UEFA buni ozgartirmaydi. Yevro2016 shu formatda otkazildi, Yevro2020 ham xuddi shunday otadi. Yevro2024 musobaqasi rejasida ham 24 jamoadan iborat format saqlanib qoldi. Bu format hammaga ham maqul kelmayapti, masalan, Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning fikricha, jamoalar soni juda kop. Biroq 2016-yilgi musobaqa ortamiyona terma jamoalar ham oziga xos syurpriz bola olishini isbotladi.Yevro2024 Germaniyada bolib otadi, 2028-yilgi musobaqaga esa Turkiya (uchinchi marta), Bolqon mamlakatlari (Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya, Serbiya), Ispaniya bilan Portugaliya, Italiya, Angliya, shuningdek, Skandinaviya (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya) kabilar davogarlik qilmoqda. Biroq ularning hali hech biri rasmiy ariza topshirmadi, faqat qiziqish bildirgan xolos.Nima bolgan taqdirda ham Yevro2020 ozgacha otadi. Bunaqasi uzoq vaqtgacha takrorlanmasa kerak...Nodirxon Hamidxonov tarjimasiYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0