Monopoliya xalqqa jabr yetkazmasligi kerak

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasiijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlarnarxlari hamda tariflari normativ hujjatlarda belgilangan meyorlardan oshib ketmasligi uchun ushbu narxlarni shakllantirish ustidanqatiy davlat va jamoatchilik nazoratini ornatish tarafdori.Shu maqsadda partiya ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopoliyasini cheklash, jumladan, monopol korxonalarni majburiy ravishda bolish va ularning tarkibidan mustaqil xojalik subyektlarini ajratish boyicha qonunchilikka tegishli protsessual meyorlarni kiritishni taklif etadi.Hayotning ozi Ozbekistonda monopolistik faoliyatni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yol qoymaslik, raqobat va uning huquqiy bazasini takomillashtirish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida asosiy vazifa ekanligini namoyish etmoqda. Zero, songgi yillarda iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi, bozorda turli moliyaviy, iqtisodiy hamda mulkiy munosabatlarning yangi shakllarining rivojlanishi natijasida bozor qoygan talablarni, yani shakllangan munosabatlarni tartib solish zaruriyati yuzaga kelmoqda.Boshqacha aytganda, hozirda monopolistik faoliyatni nafaqat tovar bozorlarida, balki moliya bozorlarida, qimmatli qogozlar bozorida, birja savdolarida ham cheklash choralarini korishni davlatimizning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham talab etmoqda. Shubhasiz, iqtisodiyotda muayyan korxonaning monopoliyasiga barham berilmas ekan, ijtimoiy ahamiyatga molik tovaprlar ham, xizxmatlar narhi ham yuqorligicha qolaveradi.Togri, sohada oxirgi uch yil mobaynida katta ozgarishlar roy berdi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 86 ta litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat berish tartib-taomili bekor qilindi. Natijada, xususiy tadbirkorlik bilan shugullanayotlar soni 25 foizga kopaydi. Kop tarmoqlarda raqobat ortdi: shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishda. Avval yuqori darajada monopoliyalashgan qurilish materiallari, kabel mahsuloti va pul otkazish hizmati kabi sohada yakka hukmronlikka barham berildi. Umuman, mamlakatda monopol korxonalar soni ikki barobar qiskardi. Monopol kompaniyalar vaziyat taqazosi bilan kamaygan bolsa bordir, ammo mamlakatda bojxona sohasi boyicha joriy etilayotgan yangi tartib-taomillar ortidan boshqa yonalishda monopollar vujudga kelishiga sharoit yaratib bermayaptimi? Ammo bu sohada oz yechimini kutayotgan tizimli masalalar kozga tashlanmoqda.Boz ustiga, tovar va moliya bozorlarida davlat ishtirokidagi xojalik yurituvchi subyektlar mavqei baland. Ular monopoliyalarning 80 foizini tashkil qilmoqda va oz nazoratlarida ostida bolgan tuzilmalar tashkil etib raqobatga salbiy tasir korsatmoqdalar. Bugun bunday korxonalar soni 4,3 mingdan ortiqni tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi xojalik yurituvchi subyektlarning samarasizligi subsidiya berish, soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlarni taqdim etish shaklidagi davlat komagi bilan qoplanmoqda. Moliya va kapitallar bozorlarida davlat ishtiroki balandligicha saqlanib qolmoqda. Ushbu holat oz navbatida manfaatlar toqnashuvini keltirib chiqarmoqda va bozor mexanizmlarini rivojlantirishga tosqinlik qilmoqda. Bank sektorining 80 foizdan ortigi davlat ishtirokida faoliyat korsatadi. Tarmoq regulyatorlari raqobatni rivojlantirishda sustligicha qolmoqda.Tabiiy monopoliyalar tomonidan qollanadigan narxlarni shakllantirish usuli xarajatlarni tejash orniga ularni kopaytirishni ragbatlantiradi. Olib borilayotgan islohotlarga qaramay, bozorda, real hayotda ozgarishlar, tadbirkorlar oldida turgan tosiqlar talaygina. Bu tosiqlar yana osha monopol korxonalarning manfaatiga xizmat qilib, oddiy mehnatkashlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning hayotini ogirlashtirmoqda. Shu sababli biz monopol korxonalarni majburiy ravishda bolish va ularning tarkibidan mustaqil xojalik subyektlarini ajratish boyicha qonunchilikka tegishli protsessual meyorlarni kiritishni taklif etamiz.Biznes subyektlari uchun bozorga chiqishda suniy tosiqlar hali-xanuz mavjud. Natijada Jahon banki malumotlariga kora togridan-togri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi past darajada saqlanib qolmoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida Ozbekiston 180 ta mamlakat orasida 140-orinni egalladi. Bu vaziyatda, hukumat tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi boyicha yol xaritasi qabul qilishni tezlashtirishi kerak. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqkan holda, bu sohadagi faoliyat yuzasidan Senat muntazam ravishda Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasining axborotini eshitish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiq bolar edi.Aslidaoxirgi on yilliklar butun dunyo miqyosida raqobat togrisidagi qonunlarni (ular trestlarga qarshi yoki monopoliyaga qarshi qonunlar deb ham ataladi) yanada rivojlantirish va amaliyotga kiritish davri boldi. Sobiq sotsialistik lagerni parchalanib ketishi oqibatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning kopchilik mamlakatlari raqobat siyosatining negizi hisoblangan bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy qila boshlagan bir vaqtda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ham bir joyda toxtab qolmay, amaliyotda foydalanilayotgan monopoliyaga qarshi qonunchilikka ozgartirishlar kiritib bordilar. Hozirgi kunda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik mavjuddir. Ana shu xalqaro tajribalardan kelib chiqib aytish mumkin, monopoliyaga qarshi kurash raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez ozlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega bolish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan golib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya raqobatga zid hodisa, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taminlab, ozaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi.Raqobat kurash yolini tanlash jihatdan ham halol va girrom raqobatga bolinadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Girrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yani qalloblik, kozboyamachilik, sozida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoporovchilik va hatto jismoniy zoravonlik kabi jinoyatkorona usullar qollaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni soglomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yolida foydalanish va uni nazorat qilishda parlament tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.Shunday ekan, raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boyicha chora-tadbirlar koradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi. Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning marifatli, madaniy korinishlari va qoidalarini taminlashga yonaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, istemolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga, narxlarning asossiz kotarilishi oldini olishga xizmat qiladi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi bazi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik ornatishiga yol qoymaslikka yonaltiriladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopoliyasini cheklash, jumladan, monopol korxonalarni majburiy ravishda bolish va ularning tarkibidan mustaqil xojalik subyektlarini ajratishhar bir insonning hayotiy ehtiyojlari kafolatli taminlanishiga olib keladi.Saylovlarda Xalq demokratik partiyasidan korsatilgan nomzodlarga ovoz bering!Ozbekiston Xalq demokratik partiyasimarkaziy kengashi axborot xizmatiReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0