Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan bemorga Surxondaryo hokimligi yordam berishni vada qilgandi. Umri oz qolgan ayol hali ham yordam kutmoqda

Joriy yilning avgust oyida Daryo nashrida jigar sirroziga chalingan surxondaryolik Feruza Ramazonova haqida maqola elon qilingandi. Unda 35 yoshli 2-guruh nogironi bolgan ayolning 21 yildan beri qand kasali va jigar sirrozi bilan ogrib kelayotganligi, umri oz qolgani, faqat operatsiya bilangina omon qolishi mumkinligi haqida soz yuritilgandi. Jigar transplantatsiyasi boyicha Hindistonda otkaziladigan operatsiya uchun 32 ming dollar kerak edi. Foto: SkrinshotYetarli mablag yigilmagach, Feruza Ramazonova Facebook orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yollagan.Prezidentning Surxondaryoga tashrifi arafasida elon qilingan bu murojaatga tez orada viloyat hokimligi oz munosabatini bildirgandi. Unda bemor kerakli hujjatlarni taqdim etganidan song viloyat hokimligi va homiylar tomonidan operatsiyaga zarur boladigan summa tolab berilishi aytilgan edi.Bemor Feruza Ramazonovaning barcha aytilgan hujjatlar hokimlikka taqdim qilinsa-da, masullar vadasini haliyam bajarmayotganligini Daryoga malum qildi.Davo istab, bormagan joyim qilmagan muolajam qolmadi. Kun sayin ahvolim ogirlashib boraverdi. Hayotimni saqlab qolish uchun oxirgi chora jigar transplantatsiyasi edi. Sorab surishtirsam, operatsiya qilish uchun eng arzon joy Hindiston ekan. Shundan keyin u yerdagi Jaypi klinikasiga tibbiy xulosalarni yubordim. Shifokorlar tashxislarni korib, operatsiya qila olishlarini, 32 ming dollar kerakligini aytishdi.Onam bilan yolgiz yashayman. Bunga imkonim yetmasdi. Shu bois yordam sorab, turli OAVlarga chiqdim. Daryo.uz, Kun.uz, Sevimli va MY5da elon qilingan xayriya materiallaridan 9 ming dollarga yaqin mablag yigildi, xolos. Pul soramagan kishim qolmadi. Oxiri yordam sorab internetda Prezidentimizga murojaat qildim. Murojaatim ijtimoiy tarmoqlarda ancha shov-shuv boldi. Saytlarda elon qilindi. Shundan keyin viloyat hokimligi va sogliqni saqlash xodimlari uyimga kelib sogligimni tekshirishdi, sharoitimni organishdi.Men qayta tekshiruvdan otib, donor jigar kochirib otkazish uchun mos kelishi togrisida tibbiy xulosa olib borib berganimdan keyin viloyat hokimligi belgilangan summa tolab berilishiga vada berdi. Men Jaypi klinikasidan barcha kerakli hujjatlarni ularga 10-oktabr kuni taqdim etdim. Hisob raqamimga 50 million som otkazib berishdi. Lekin qolgani haligacha berilgani yoq. Qancha soradim, ular pul berdik-ku deyishyapti. Axir bu pul bilan Hindistonga borib, operatsiya qilib bolmaydi-ku. Xayriyada yigilganlar va hokimlik bergan 50 million som pul bilan qolimda hozir 13 ming 700 dollar atrofida pul bor. Operatsiya uchun yana 18 ming dollar kerak. Dorilar bilan zorga yuribman. Hokimlikdagilar esa biror murojaatimga javob bermayapti. Men Prezidentimizga murojaat qilgan paytda ularning viloyatga tashrifi kutilayotgandi. Shuning uchun qilib beramiz deb vada berib, ishni bosdi-bosdi qilgan. Endi vadani bajarishga kelganda esa ular qongiroqlarimga javob bermayapti. Feruza Ramazonova Foto: DaryoDaryo murojaatga aniqlik kiritish maqsadida dastlab viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi boshligi Boboxon Shukurov bilan boglandi. U vazirlik bemorlarga faqat Ozbekiston doirasidagina yordam bera olishi, xorijda operatsiya qildirish vazirlikning vakolatiga kirmasligini aytib otdi.Surxondaryo viloyati hokimligi bemorning operatsiyasi uchun zarur pullarni 100 foiz tolab berishga vada bermaganini malum qildi. Biz bemor Feruza Ramazonovaning hisobiga 50 million som otkazganmiz. Biz homiylar hisobidan tolab berish choralari koriladi deb aytganmiz. 100 foiz tolab beramiz demaganmiz. Rahbarlar bilan gaplashib koray, Xudo xohlasa, ijobiy hal qilishga harakat qilamiz.Zahiriddin Torayev, Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Bir necha kun otgandan song Zahiriddin Torayev Daryo bilan boglanib, bu ishga masul odamni ayni paytda Moskvada ekanligi, kelsa masalani ozi hal qilishini aytdi.Bemor Feruza Ramazonovaning operatsiyasi uchun hozir yana 18 ming dollar kerak. Vaqt esa otib bormoqda. Biz mutasaddilardan masalaga oydinlik kiritishlarini kutib qolamiz. Foto: DaryoXayriya qilmoqchi bolganlar uchun Feruza Ramazonovaning malumotlari:Plastik karta orqali: (Click, Payme)Feruza Ramazonova nomiga ochilganQishloq qurilish bank:86 00 09 04 52 22 31 99Qishloq qurilish bankning Feruza Ramazova nomiga ochilgan rekvizitlari:MFO: 00359 INN: 202042186Korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan mablaglar tranziti:23120000 700000 359001 Xorijiy davlatlardan mablag yuborib, yordam bermoqchi bolganlar uchun pasport malumotlari:Ramazonova Feruza DaminovnaPasport raqami: AA 5598810 Telefon raqami:+99890 915 56 84Xonzodabegim Azamova

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0