Turkiya kompaniyasi Chorsu mehmonxonasi negizida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqchi

Istanbulda Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi vakillari mehmonxona biznesi bilan shugullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Joshqun Elik (Co?kun Elik) bilan uchrashishdi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiUchrashuvda qomita mutaxassislari tomonidan Ozbekistonda otkazilayotgan islohotlar, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida malumot berildi.Shuningdek, Joshqun Elik Toshkent shahridagi Chorsu mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi. Mazkur loyihani kozdan kechirish va unga investitsiya kiritish masalasida muzokara otkazish uchun kompaniya rahbarining Ozbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakuniga kora kelgusida ozaro hamkorlikni davom ettirishga kelishilgan.Eslatib otamiz, 1982-yilda qurilgan mehmonxona avvaliga Moskva nomini olgan. Ozining joylashgan orni hamda tengi yoq dizayni bilan tez orada bino shahar timsoliga aylangan. 2000-yillar boshida mehmonxona tamirlash uchun yopilgan. Mehmonxonaning yangi korinishi suratlari ham paydo bolgan. Biroq tamirlash ishlari vaqti-vaqti bilan toxtab qolgan. Bu vaqt mobaynida bino reklama bannerlari uchun qulay joyga aylandi. Foto: Xalq sozi OnlineBir necha yillardan buyon vayrona ahvolda bolgan Chorsu mehmonxonasi 2019-yili ishga tushirilishi haqida 2018-yilning may oyida xabar berilgan. Rekonstruksiya ishlari bilan turkiyalik investor Ahmet Demir shugullanishi aytilgan. Keyinroq Ahmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur etirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.Vazirlar Mahkamasining 2019-yilnig 16-sentabridagi qaroriga muvofiq sobiq Chorsu mehmonxonasi boshlangich 1 som qiymatida qayta sotuvga qoyilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0