Yunusoboddagi metro avariyasida kamida 2 kishi halok bolgani taxmin qilinmoqda

Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yonalishi qurilishida yuz bergan avariya tufayli Mega Planet savdo markazi yaqinidagi kochalar yopilgan, avtobuslar marshrutlarini ozgartirgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. Foto: Gazeta.uzHodisa guvohlari yaqin hududda joylashgan dokonlar sotuvchilari va mahalliy aholi vakillari portlashni eslatuvchi gumburlagan ovozni eshitganini aytgan. Avariya yuz bergan hududga 10 tadan koproq tez yordam mashinalari yetib kelgan.IIV huzuridagi Tergov departamenti uzoq davom etgan yomgir metro qurilayotgan hududdagi lotok va beton tosiq yaqinidagi tuproqning yumshatib, ularning qulashiga sabab bolganini malum qilgan. Foto: Gazeta.uzQayd etilishicha, metro qurilishida ishtirok etayotgan quruvchilar ortasida yoqlama otkazilgan. Faqat besh kishi familiyasi oqilganida javob bermagan. Biroq ular boshqa sababga kora yoqlama jarayonidan chetda qolgan bolishi ham mumkin. Hozirda hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Foto: Gazeta.uzSogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati soat 13:17 da avariya oqibatida hech kim jabrlanmagani haqida xabar bergan edi. Repost oz manbalariga asoslanib, avariya oqibatida kamida ikki kishining halok bolgani haqida malum qildi.Mavzuga doir: Toshkent metrosining Yunusobod yonalishi qurilishida avariya sodir boldi. Tuproq ostida bir necha kishi qolib ketgan bolishi mumkin Yunusobod metrosidagi avariya yuzasidan qoshimcha malumot berildi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0