Andijondagi gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 portladi. IIB portlash sabablarini organmoqda

16-dekabr, dushanba kuni Andijon tumanidagi avtomashinalarga gaz quyish shoxobchalarining birida Nexia-2 rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga ornatilgan gaz baloni portlagan edi. IIV huzuridagi Tergov departamenti ushbu portlash sabablarini malum qildi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamentiOtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ushbu avtomashina gaz quyish uchun Jahonobod mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga kirib kelgan.Gaz quyib bolganidan song chiqib ketmoqchi bolganida bir vaqtning ozida avtomashinaning oldi va orqa qismida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bolgan. Portlash natijasida avtomashina jiddiy shikastlangan, haydovchi esa dvigatel qismida shovqin ovozini eshitganligi sababli zudlik bilan transport vositasini tark etgan va yengil tan jarohati olgan, boshqa jarohatlanganlar yoq. Portlash sabablarini aniqlash maqsadida hodisa joyidan portlagan gaz balonning qoldiqlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bolimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.Mavzuga doir:Andijonda gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 avtomobili portlab ketdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0