Namanganda 84 dona televizorning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Uychi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiTadbir davomida chegara oldi hududida fuqaro M.Z.ga tegishli 10 dona sintetik qop belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.Natijada ushbu qoplarda qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 100 million so‘mlik 84 dona televizor borligi aniqlandi.Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0