Shorchidagi maktabga yapon olimi Kyudzo Kato nomi berildi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida Surxondaryo viloyati Shorchi tumanidagi 43-umumiy orta talim maktabiga yaponiyalik arxeolog Kyudzo Kato nomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir joriy yilning 17-dekabr kuni otkazildi. Bu haqda Ozbekiston Xalq talimi vazirligi xabar berdi. Foto: Ozbekiston Xalq talimi vazirligiMalum qilinishicha, marosimda Ozbekiston xalq talimi vaziri orinbosari Dilshod Kenjayev, Yaponiyaning Ozbekistondagi elchixonasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.Vazirlik tomonidan takidlanishicha, Kyudzo Kato arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf bolgan. U Ozbekistonning tarixi va qadimiy obidalarini organgan. Arxeolog uzoq yillar davomida Ozbekiston fanlar akademiyasi bilan hamkorlik olib borgan. Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa, Qoratepa, Xolchayon, Fayoztepa arxeologik qazishmalarida qatnashgan.Dunyo axborot agentligining malum qilishicha, 2020-yilda Ozbekistonda Kyudzo Kato nomidagi yodgorlik kompleksi va muzey tashkil qilinadi. Foto: Ozbekiston Xalq talimi vazirligiOlim Ozbekiston tarixini Yaponiyada ommalashtirgan. Shuningdek, u Markaziy Osiyo va Sibir haqidagi onlab kitoblarning muallifi. Ozbekistonga bagishlangan turli simpozium va korgazmalarni tashkil etgan. Amir Temur, Bobur, Mirzo Ulugbek va boshqa ulug mutafakkirlar asarlarini yapon tiliga tarjima qilgan. Markaziy Osiyoda, ayniqsa Ozbekiston janubida buddizm madaniyatini organgan. Foto: Ozbekiston Xalq talimi vazirligi2002-yilda ozbek xalqining boy tarixi, qadimiy yodgorliklari hamda madaniy-manaviy merosini chuqur organish va xorijda targib qilishdagi katta xizmatlari, Ozbekiston va Yaponiya ortasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qoshgan samarali hissasi uchun Kyudzo Kato Dostlik ordeni bilan mukofotlangan.Dilshod Kenjayevning sozlariga kora, 2020/2021-oquv yilidan boshlab Kyudzo Kato nomidagi maktab oquvchilari ingliz tili bilan birga yapon tilini ham organish imkoniyatiga ega boladi. Bu maktab keyingi oquv yilidan boshlab yapon va ingliz tillariga ixtisoslashtirilgan yosh arxeologlar maktabiga aylantiriladi. Foto: Ozbekiston Xalq talimi vazirligiShu bilan birga, maktabda Kato Kyudzo muzey-xonasi tashkil etiladi. Bu yerga tashrif buyurganlar yaponiyalik olim hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boladi. Foto: Ozbekiston Xalq talimi vazirligiVazirlik tomonidan qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining Umumiy orta talim muassasalarida xorijiy tillarni oqitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga kora, respublikaning barcha hududlarida 15 ta yapon tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim muassasasi tashkil etiladi. 2020/2021-oquv yilidan boshlab beshta maktabda yapon tili oqitiladi.Mavzuga doir:Yaponiyalik arxeolog Kyudzo Kato 94 yoshida Termizda vafot etdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0