Brijit Bardo Qozogiston prezidentiga mamlakatdagi hayvonlarga shafqatsiz munosabat sababli xat yolladi

Fransiyalik aktrisa va hayvonlar himoyachisi Brijit Bardo Qozogiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga yollangan ochiq xatni elon qildi. Aktrisa oz maktubida mamlakatdagi daydi hayvonlarga bolgan shafqatsiz munosabatdan xavotirga tushgan. Foto: Google ImagesBardoning xatida aytilishicha, u oz maktubini Qozogistondagi uysiz hayvonlar taqdiri borasidagi oz xavotirlarini va qorquvini ifodalash uchun yozgan. Aktrisa xatida unga itlar va mushuklarni shafqatsizlarcha ovlash va yoq qilish boyicha malumotlar kelishda davom etmoqda.Brijit Bardoning qayd etishicha, Atirau va Uralsk shaharlarida daydi hayvonlar gaz bilan falaj qilingan va keyin yoqib yuborilgan. Aktrisaning fikricha, bu kabi ishlar 21-asrga mos emas. Uning yozishicha, bu kabi ishlarni Fransiya va koplab dunyo mamlakatlarida amalga oshirgan kishilar ruhiy kasal deb tan olinadi hamda davolanishga jonatiladi yoki uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinadi.Bardo oz maktubida Qozogiston prezidentini hayvonlarga nisbatan insoniy yondashuvga otishga chaqirgan.Brijit Bardo Qozogistonda hayvonlarga bolgan munosabatni ozgartirishda uning fondi yordam korsatishi mumkinligini takidlab otgan.Avvalroq Toshkent shahar IIBB itning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan fuqarolarning shaxsini aniqlash bilan shugullanayotgani haqida xabar berilgan edi. Samarqandda esa Spark va Nexia itni bosib otishga uringan, PPX xodimi esa unga tosh uloqtirgandi. It 15 kishiga tashlangani xabar qilingan edi. Buxoroda esa 10 mingga yaqin daydi va qarovsiz it, mushuklar yoq qilingani malum bolgan edi.Shuningdek,Samarqandda Sharq taronalari festivali arafasida itlar zaharlab oldirilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0