Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi Greta Tunbergni asossiz malumot tarqatganlikda aybladi

Dunyodagi eng yirik temiryol kompaniyasi hisoblanuvchi Germaniyaning Deutsche Bahn korporatsiyasi 16 yoshli shvetsiyalik ekofaol Greta Tunbergni asossiz malumot tarqatganlikda aybladi, deb xabar berdi Meduza. Foto: TASSBunga Tunbergning 15-dekabr, dushanba kuni BMTning Madridda bolib otgan iqlim ozgarishlariga oid konferensiyasidan Stokgolmga qaytayotganida elon qilgan tviti sabab boldi.Odamlar bilan liq tola poyezdda Germaniya boylab sayohat qilyapman. Nihoyat uyga qaytyapman!, deb yozdi Tunberg.Tunberg Twitterda Deutche Bahn banneri ilingan vagonda otish yolagida otirgani aks etgan suratni elon qildi.Traveling on overcrowded trains through Germany. And Im finally on my way home! pic.twitter.com/ssfLCPsR8o Greta Thunberg (@GretaThunberg) December 14, 2019Tunbergning tviti 190 mingta layk va 10 mingta izoh topladi. Ayrimlar qizga achinganini hamda Deutche Bahn xizmatlari rostdan ham yomon ekanligini yozib qoldirgan.Boshqa internet foydalanuvchilari esa rasmda vagonning odamlar bilan tolib ketgani korinmayotgani, odamlar bilan tola vagonlar boshqacha korinishini yozib, rasmlarni ilova qilgan.No, Greta. THIS is overcrowded... pic.twitter.com/8dBE67uKTd Janine Thomas (@NeenyT80) December 15, 2019It could be worse: pic.twitter.com/hzB96u4jFv Simon.Dent (@SimonDent11) December 15, 2019Tunbergning postiga Deutche Bahn ham munosabat bildirgan. Kompaniya dastlab ekofaolga manziliga eson-omon yetib olishini tilagan hamda xizmat sifatini yaxshilash ustida ishlashini bildirgan.Biroq oradan bir necha soat vaqt otgach, Deutche Bahn yana bir etirozli tvit yozib qoldirdi. Ushbu tvitda esa Tunberg birinchi klassda otirib ketgani haqida yozilgan.Qadrli Greta, iqlim ozgarishlariga qarshi kurashishda temiryolchilarni qollab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat! Shanba kuni xizmatlarimizdan foydalanganingizdan xursandmiz. Bizning xodimlarimiz sizning birinchi klassdagi joyingizda sizga qay tarzda iliq va professional tarzda xizmat korsatgani haqida ham gapirib otsangiz maqsadga muvofiq bolardi, deyiladi Deutche Bahn tvitida.Deutsche Bahnning munosabatidan song internet foydalanuvchilari Tunbergni yolgonchilik va ikkiyuzlamachilikda ayblay boshladi.Tunberg Shveysariyaning Bazel shahrida poyezdning kechiktirilgani tufayli tort soatga yaqin vagon polida otirishga majbur bolgani, birinchi klassdagi joyni esa Germaniyaning Gyottingen shahrida olishga muvaffaq bolganini tushuntirdi.U Deutche Bahnni tanqid qilishni istamaganini yozdi. Bu muammo emas. Poyezdlarning odam bilan liq tolaligi bu juda yaxshi belgi. Bu holat temiryoldan foydalanishga talab katta ekanligini korsatadi, deb yozdi Tunberg.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0