Qarzdor fuqarolarning hisob raqami 2020-yil 1-iyulga qadar bloklanmaydi

Yetkazib berilgan energiya va suv taminoti, suv chiqarish, qattiq maishiy chiqindilarni toplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik, shuningdek, sud va boshqa organ hujjatlarining ijrosini taminlash sohasida qarzdor jismoniy shaxslarning hisob raqamlarini bloklash va hisobdan chiqarish amaliyoti vaqtincha toxtatildi. Foto: DaryoBundan tashqari, turli shakldagi qarzdorlikni ixtiyoriy tolov muddatida amalga oshirmaganlik uchun shaxsning bankdagi hisob raqamini (plastik karta hisobi) bloklab qoyish amaliyoti ham 2020-yilning 1-iyuligacha toxtatildi. Foto: MIB Axborot xizmatiBu haqda Majburiy ijro byurosi va Markaziy bank vakillari ishtirokida bolib otgan Jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga qoyilayotgan taqiq masalalari mavzusidagi brifingda malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri.Matbuot anjumanida hozirda MIB Markaziy bank va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy shaxslarning plastik kartochkalariga taqiq qoyish va blokdan chiqarish masalalarini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani malum qilindi. Bunda avtomatlashtirilgan elektron platform yolga qoyilishi yani qarzdorlik bartaraf qilingach, taqiq elektron tarzda yechilib, fuqarolar turli instansiya, idora va tashkilotlarga murojaat qilib sarson bolmasligi taminlanadi. Foto: MIB Axborot xizmatiYana bir yangilik xalqaro aeroport va temiryol vokzallarida fuqarolarning qarzdorlik haqida malumotga ega bolgan zahoti uni joyida bartaraf qilish imkoniyati yaratiladi.Ayni paytda Bank muassasalari bilan qarzdorlarning bankdagi band solingan mablaglarini qarzdorligi uchun mutanosib ravishda yechib olish boyicha taklif ishlab chiqilmoqda. Fuqarolarning hisob raqamlari (plastik kartochkalari)ga taqiq qoyishda qonunbuzilishiga yol qoygan yoki belgilangan tartibga amal qilmagan MIB va bank xodimlariga nisbatan qatiy javobgarlik masalasi ham korilmoqda.MIB masul xodimlari tomonidan Byuro, bank muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar ortasidagi elektron axborot almashish tizimi integratsiyalashuvi, shuningdek, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning Yagona identifikatsiya tizimi yolga qoyilguniga qadar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boyicha qarzdor jismoniy shaxslarga xizmat korsatadigan bank hisob raqamlariga taqiq qoyilishida muammolar kuzatilsa, bunga bogliq masalalar boyicha 1107 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat etish lozim, deydi MIB matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpolatov. Foto: MIB Axborot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0