O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga matbuot kotib tayinlandi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga Sobirova Kamola Shavkatovna tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Foto: O‘zAMa’lum qilinishicha, ushbu lavozimga tayinlov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.Kamola Sobirova 1983-yil 13-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlagan. Keyinchalik  Agakhan Trust Culture, UzDEU Bank, Italian Food Technology, GIZ kabi xalqaro tashkilotlarda turli vazifalarda ishlagan. U rus, ingliz va ispan tillarini biladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0