Ahmadboydan jabrlanganlar soni va yetkazilgan zarar miqdori malum qilindi

Xalq orasida Ahmadboy nomi bilan mashhur bolgan Ahmadjon Tursunboyevdan jabr korganlar soni va u tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori malum boldi. Bu haqda 17-dekabr, seshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Majburiy ijro byurosining navbatdagi matbuot anjumanida malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Mirolim Isajonov. Bekzod MengliyevFoto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiTadbirda takidlanishicha, hozirda ushbu ijro hujjatiga kora, Ahmadjon Tursunboyevdan jarblangan 11 710 nafar fuqaroga tergov organlari tomonidan xatlangan mablaglar, 29 turdagi kochmas mulk, 8 turdagi avtotransport vositasi va zargarlik buyumlarini yetkazilgan qarzdorlik evaziga qaytarish choralari korilyapti.2016-yilda xatlangan mazkur mulklarni bugungi kundagi bozor narxi boyicha qayta baholatish maqsadida baholovchi tashkilotlarga murojaat qilingan. Ayrim mol-mulklar esa allaqachon baholangan va auksion savdolariga chiqarilgan. Qolgan buyumlarning ham baholash xulosasi olingach, tegishli tartibda auksionga qoyilishi rejalashtirilgan.Ahmadjon Tursunboyevga chuv tushgan fuqarolarning mablaglari qonun tartibida qaytariladi. 12 ming nafarga yaqin odamning royxatini shakllantirganmiz. Ayni paytda bu boyicha alohida dastur yaratyapmiz. Bu dasturda inson faktori aralashmaydi. Dastur boyicha Ahmadjon Tursunboyevga berilgan mablaglarga qarab, muntanosib ravishda har biri fuqaroga taqsimlanadi. Songra tegishli tartibda fuqarolarning plastik kartalariga pullar otkazib beriladi. Hozir bizga murojaat qilayotganlarning aksariyatida plastik karta yoqligi bois banklar bilan kelishgan holda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida plastik kartalarni bepul ochib berish choralarini koryapmiz. 920 nafar fuqaro uchun bankka plastik karta buyurtma qilganmiz.Bundan tashqari har bir fuqaro bilan individual suhbatlar otkazilyapti. Plastik kartalari mavjudlarning hisob raqamlarini yozib olib, arizalarini qabul qilmoqdamiz. Tez kunlarda pul mablaglarining kelib tushishi yakuniga yetsa, uch kun muddatda mablaglarni taqsimlaymiz. Murojaatlar hozir davom etyapti, arizalar qabuli ham toxtagani yoq, dedi MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi boshligi orinbosari Bekzod Mengliyev.MIB rasmiysining malum qilishicha, Ahmadjon Tursunboyevga fuqarolar tomonidan berilgan pullar va mol-mulklarning umumiy qiymati 386 milliard somni tashkil etmoqda.Mavzuga doir:Ahmadboy ishi boyicha uchinchi sud ishi hukmi elon qilindiAhmadboy: Pulning hammasi talon-toroj bolib ketganAhmadboy: Odamlar xudodan qorqsin. Ular pulni oz xohishi bilan olib kelgan, hech kim majburlamagan (video)Video: Chinozlik Ahmadboyning suddagi songgi sozi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0