Ozbekiston musulmonlari idorasi archa bezatish sogliq uchun foydali ekanligini bildirdi

Ozbekiston Xalqaro Islom akademiyasi saytida Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining orinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Yangi yilni nishonlanish hukmi haqida fikr bildirgan edi. OzAning xabar berishicha, Ozbekiston musulmonlari idorasi raisining orinbosari Ibrohimjon Inomov esa Yangi yilni nishonlash va archa bezatish haqidagi mulohazalarini bayon etdi. Foto: Google ImagesUning takidlashicha, har bir sananing, bayramning oziga yarasha tarixi bor. Shu jumladan, Yangi yilning ham. Yangi yil Rimda Yuliy Sezar tomonidan joriy etilgan. Keyinchalik bu bayram asta-sekin Rimga tobe xalqlar orasida tarqalib, qadriyat sifatida shakllana borgan. Shu tariqa Yunoniston, Misr, Yaqin sharq mamlakatlari va Yevropaning janubiy hududlarida keng yoyila borgan.Ozbekistonda esa bu bayram 19-asrdan nishonlana boshlangan. 1947-yilda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan 1-yanvar bayram kuni deb elon qilingach, Ozbekistonda Yangi yil rasman nishonlana boshlangan. XX asrning ikkinchi yarmida esa Yangi yil deyarli har bir xonadonda, tashkilotlarda keng nishonlanishi kuzatiladi.1991-yilda Ozbekistonda mustaqillik elon qilingach ham Yangi yil bayrami rasmiy bayram sifatida saqlab qolindi.Kopchilik momin-musulmon yurtdoshlarimiz Yangi yilni bayram qilmaslik kerak, u boshqa din vakillarining bayrami, deyishib dalil sifatida Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning Kim biror qavmga oxshasa, u oshalardandir (Imom Ibn Moja rivoyati), degan hadisni keltiradilar. Aslida-chi: aslida ham shundaymi?Momin farosatli, har bir masalaning mohiyatiga etibor qaratadigan, har bir ishdan ezgulik va savobni kozlaydigan kishidir. Shunday ekan, yil poyonida bir yillik faoliyatni sarhisob qilish, kamchiliklardan xulosa chiqarib, muvaffaqiyatlarga shukrona keltirish, Yangi yilda yangi rejalarni tuzib olish maqsadida shukrona dasturxoni yozishning nimasi yomon?!Yoki yilning istalgan sanasida xalqimiz tabiri bilan aytganda, Xudo bergan kuni mast qiluvchi ichimliklar ichib, ogziga kelgan sozni sozlab, hammaning asabiga tegib yurishni dinimiz qattiq va qatiy qoralaydi. Demak, har bir narsa niyat va maqsadga bogliq. Bejiz motabar va ishonchi hadis kitoblarida birinchi hadis: Har bir amal niyatlarga koradir, deb boshlanmagan, deydi Ibrohimjon Inomov.Shuningdek, uning aytishicha, kopchilik Yangi yil rimliklar ilohi Yanus sharafiga joriy etilganini bilishmaydi. Aksincha, bu bayram nasroniylarniki ekanini biladi. Haqiqiy nasroniylar bu bayramni rasman nishonlamaydi, bu bayramga qarshi chiqqan.Nasroniylar nishonlaydigan bayram Rojdestvodir. Unda Iso alayhissalom tugilgan kun bayram qilinadi. Rojdestvo yangi taqvim boyicha katoliklar va protestantlarda 25-dekabrda, rus, serb, arman-grigoryan, sharqiy katolik cherkovlarida esa yulian taqvimi boyicha 25 dekabr yangi grigorian taqvimi boyicha 7-yanvarda nishonlashadi.Rojdestvoni nishonlash musulmon kishiga togri kelmaydi. Lekin soniyalarni, daqiqalarni, soatni, kunni, oyni, yilni, asrni aylantiradigan xristianlar emas, Iso Masih ham emas, balki xristianlarni ham, Iso alayhissalomni ham, musulmonlarni ham yaratgan Alloh taolodir, deb takidlagan Ibrohimjon Inomov.Bundan tashqari, Ozbekiston musulmonlari idorasi raisining orinbosari archa bezatish masalasiga ham toxtalib otgan.Uning aytishicha, Yangi yil uchun archa bezatish odatini hayotga tatbiq qilgan inson germaniyalik Martin Lyuterdir. Uzoq muddat safarda yurib, bayram arafasida yarim tunda uyiga qaytgan Martin oila azolariga syurpriz taqdim qilish maqsadida abadiyat daraxti nomi berilgan daraxtni olib keladi. Uni bezatishadi, chiroqlar qoyishadi va bu ish kopchilikka manzur boladi.Aslida archani bezatish diniy nuqtai nazardan emas, balki sogliq jihatidan foydalidir. Chunki archa nafaqat sogliq, ayni paytda yogoch oymakorligi, naqshlar solish, eshik-derazalar yasashda ham keng qollaniladi. Archada sogliq uchun foydali omillar bisyor. Misol uchun, archada efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar kop. Archa qubbasining damlamasida siydik haydovchi, balgam kochiruvchi va ovqat hazm qiluvchi xususiyatlar bor. Shu nuqtai nazardan bolalarning yaqin yolashi uchun archaga turli oyinchoqlar, shirinliklar ilib qoyiladi. Maqsad bolalar archa atrofida oynashib, uning sogliq uchun foydali mikroelementlaridan bahra olishidir, deydi u.Yangi yil bayramini nishonlash har kimning oz ixtiyoriga havola etiladi. Ezgu niyatda, dinimiz korsatmalariga mos, poyoniga yetgan yilni sarhisob qilish, yangi yil uchun yangi rejalar tuzib olish maqsadida oila davrasida shukrona dasturxonini yozishning zarari yoq. Lekin Alloh taolo harom qilgan narsalarni istemol qilish, shariatimiz korsatmalariga zid ishlarni bajarish nafaqat muayyan sanalar, bayramlar arafasida, balki hech qachon mumkin emas, deya oz mulohazalarini yakunlagan Ozbekiston musulmonlari idorasi raisining orinbosari.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0