Samarqandda itning ustiga mashina haydagan 2 haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

2019-yilning 28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda Spark va Nexia mashinalari haydovchilari itni bosib o‘tishga urinayotgani videosi tarqalgan edi. Foto: “Mehr va oqibat” tashkilotiOldin bunga Nexia haydovchisi urinib ko‘radi, shundan so‘ng Spark haydovchisi uch marta harakat qildi. Bularning bari miltillovchi ko‘k-qizil chiroqlarini yoqib olgan patrul-post xizmati avtomobili yonida ro‘y berdi. PPX xodimi esa itga tosh uloqtiradi.Viloyat IIB matbuot xizmati 28-avgust kuni soat 1:30 da Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan shaharda bir guruh fuqarolarni it tishlagani haqida shoshilinch xabarnoma kelib tushganini ma’lum qilgan edi.Shu xabarga asosan soat 3:00 da shahar IIB PPXB va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va it ovlash brigadasi voqea joyiga yetib borib, quturganlikda gumon qilingan itni ushlash choralarini ko‘rgan.Ushbu jarayonda it tadbir ishtirokchisi bo‘lgan ichki ishlar xodimiga ham tashlangan. Shu sababli itni ushlashda zarur choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelgan.“Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish jamiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, 16-dekabr, dushanba kuni ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida Nexia va Spark haydovchilari ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tgan.Haydovchilarga nisbatan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida (600 ming so‘mdan ko‘proq) jarima jazosi tayinlandi.Qayd etilishicha, hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilot vakillari hozirda ushbu haydovchilar ustidan YHXBga ariza tayyorlamoqda. Ular arizada haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganligi hamda avariyaviy holat yuzaga keltirgani uchun jazolanishi kerak deb hisoblamoqda.Shuningdek, itga qarata tosh otgan va o‘q uzgan IIB xodimining harakatlariga qonuniy baho berish uchun tashkilot tashabbusi bilan prokuratura tekshiruvi tayyorlanmoqda.Avvalroq Toshkent shahrida noma’lum shaxslar tomonidan itning ustiga benzin sepib yoqib yuborilgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt IIBB ularning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.Mavzuga doir: Samarqandda Spark va Nexia itni bosib o‘tishga urindi, PPX xodimi esa tosh uloqtirdi. It 15 kishiga tashlangani aytilmoqda (video)Samarqandda bir haftada yuzlab it va mushuklar kalamush dori bilan zaharlab o‘ldirilgani xabar qilindi (video)Toshkent shahar IIBB itni yoqib yuborgan shaxslarni qidirmoqda

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0