Chiroqchida aholiga 20 yil xizmat korsatgan suv-ariq beparvolik sabab yaroqsiz holga keldi. Tomorqa egalari va fermer suvsizlikdan qiynalmoqda

Chiroqchi tumanining Dursun qishlogida aholiga 20 yil davomida xizmat korsatib kelgan suv-ariq beparvolik sabab bugun yaroqsiz holga kelgan. Ariqdan suv keltirib ichgan 150 dan ortiq xonadon bugun tomorqasidan daromad ololmayapti. 31 gektar yeri hujjatda suvli maydon sifatida qayd etilgan fermer esa gallani sotib olib rejasini bajarmoqda. Foto: Daryo Bu ariqdan kelayotgan suv Dursun hamda Zum qishlogi aholisining tomorqasini sugorardi, deydi aholi vakillaridan biri Turkman Norqulov. Qishlogimizda 3350 nafar aholi istiqomat qiladi. Mavjud 678 ta xonadondan 50 dan ortigi tomorqadan daromad koradi. Zum qishlogidagi 619 ta xonadonning 100 ga yaqini tomorqa sugoradi. 150 dan ortiq xonadon bugun suvsiz otiribdi. Tomorqadan daromad qilolmayapti. Prezidentimiz tomorqadan unumli foydalanish haqida kop marotaba takrorlasalar-da, tuman masullari aholining suvga bolgan ehtiyojini arzimas sabablar bilan etibordan chetda qoldirmoqda. Foto: Daryo 2018-yil oz mablagimdan 21 million som sarflab, gallani boshqa fermerdan sotib oldim va rejani bajardim, deydi Berdiyev Eshmamat Berdiyevich fermer xojaligi rahbari Eshmamat Berdiyev. Sababi mening ixtiyorimdagi 191 gektar yerning 31 gektari hujjatlarda suvli maydon sifatida korsatilgan. Shu boisdan ham osha yerdan olinadigan hosilimni suvli maydon rejasi boyicha topshiraman. Aslida esa, osha 31 gektar yerga suv bormayotganiga 7 yil boldi. 7 yildan beri gallani sotib olib, davlat rejasini bajarib kelyapman. Eshmamat BerdiyevFoto: DaryoAholi vakillarining aytishicha, suv-ariqning qishloqqa kirish qismi opirilib, jarliklar yuzaga kelgan. Eski anhor kanalidan kelayotgan suv osha jarliklar sabab aholigacha yetib bormayapti. Foto: Daryo Bizda suv muammo emas, faqatgina ariqqa etibor qaratilib, opirilib tushgan joylari tamirlansa, ariq yoli tozalansa, muammo ariydi, deydi aholi vakillaridan yana biri Toshpolat Boronov. Qishloqdoshlar hashar yoli bilan qilamiz desak, opirilib tushgan joylariga texnika yordami kerak. Qolaversa, shu ariqdan katta fermer xojaliklari, bog ham suv ichish umidida. Fermer davlatga suv bormaydigan yer uchun suvli maydon rejasini bajarib, galla topshiryapti-ku. Eski Anhor kanaliFoto: Daryo Foto: DaryoFermer Eshmamat Berdiyevning malumot berishicha, fermer bu muammo bilan tuman hokimligi-yu, viloyat tashkilotlari hatto viloyatning sobiq rahbari Zafar Roziyev qabulida ham bolgan. Unga taqdim etilgan javob xatlarida yozilishicha, fermerning hujjatlarda suvli yer sifatida qayd etilgan, ammo amalda suvsizlikdan qaqrab yotgan yerlariga borgan suv-ariq 2019-yil tamirlab beriladi. Biroq, joriy yil yakunlanayapti-ki, tamirlash ishlaridan darak yoq. Fermerning hujjatlarda suvli yer deb qayd etilgan dalasiFoto: Daryo 2012-yil yaxshi niyat bilan 10 gektar maydonda bog yaratgandik, mevali daraxtlar ekib ancha parvarishladik, biroq suvsizlik sabab bugungi kunda daraxtlarimiz nobud bolmoqda, deydi bogbonlikni kasb qilgan Berdimurod Boboqulov. 2012 yilgacha yaxshigina suv kelardi. Ammo keyinchalik etibor susaydi va shu ahvolga kelib qoldik.Fermer Eshmamat Berdiyevning takidlashicha, viloyat hokimining sobiq orinbosari Baxtiyor Rajabov mutasaddilarga fermer yeri uchun suv keltirib berish topshirigini bergan, ammo etiborsiz rahbarlar sabab muammo haligacha hal etilmay qolmoqda. Suvsizlikdan quriyotgan bogFoto: DaryoQishloq ahlining Daryo muxbiriga qoshimcha qilishicha, qishloqdagi ichki yollar ahvoli ham ota qoniqarsiz. Tabir joiz bolsa, ahvoliga maymunlar yiglaydi. Qishloqning ichki yoliFoto: Farhod NorqulovKutamiz, mutasaddilar ne derkin?

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0