Navoiy viloyati adliya boshqarmasi shahar hokimi qarori yuzasidan taqdimnoma kiritdi. Navoiyda mehmon izzati 4 soatdan bir kunga uzaytirildi

Navoiy shahri hokimligi huzuridagi yotoqxonalarda mehmon izzati 4 soat ekanligi, mehmondorchilikda 4 soatdan ortiq qolganlarga soliq solingani haqida yozgandik. Navoiy viloyati adliya boshqarmasining malum qilishicha, mazkur maqoladan song mehmon izzati 4 soatdan 1 kunga uzaytirilgan. Sodda qilib aytganda, endi mehmon bir kundan ortiq turadigan bolsagina, uy egasi mehmon uchun pul tolaydi. Foto: Feruza QodirovaNavoiy viloyati adliya boshqarmasi mazkur maqolaga quyidagicha munosabat bildirdi:Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bolgan fuqarolarni hisobga qoyish va hisobdan chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bolgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi togrisidagi nizomda belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.Navoiy shahar hokimining 2019-yil 13-noyabrdagi Q-907-sonli Navoiy shahar hokimligi tasarrufidagi yotoqxonalardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilingan.Qaror loyihasi. 2019-yil 16-oktabr kuni Navoiy shahar adliya bolimi tomonidan huquqiy ekspertizadan otkazilib, qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqlashtirish uchun qaytarilgan. Qaror loyihasi qayta taqdim etilgandan song Navoiy shahar adliya bolimi tomonidan 2019-yil 22-oktabr kuni ijobiy xulosa berilgan. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Navoiy shahar hokimligiga qarashli yotoqxonalardan foydalanish boyicha nizomning 16-bandiga asosan ijaraga oluvchining xonasiga mehmon bolib kelgan yaqin qarindoshlari yotoqxonada tort soatdan ortiq bolgan muddatda qolgan taqdirda yotoqxonada qolgan har bir kun uchun 3 000 (uch ming) som miqdorida tolov tolanishi belgilangan.Mazkur tolov yotoqxonalar ozini-ozi moliyalashtirishi, qilinadigan sarf-xarajatlar hisob-kitoblari (kalkulyatsiya) hamda mehmon kelgan taqdirda vujudga kelishi mumkin bolgan kommunal xarajatlarni qoplash maqsadida joriy qilingan.Ushbu vaziyatda yotoqxonani ijaraga oluvchilar va mamuriyat ortasida vujudga kelgan nizoli holatni bartaraf etish maqsadida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2019-yil 10-dekabr kuni Navoiy shahar hokimining qarorini tegishli tartibda muvofiqlashtirish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.Mazkur taqdimnomaga javoban, Navoiy shahar hokimining 2019-yil 11-dekabrdagi Q-956-son qarori bilan yuqoridagi nizomning 16-bandiga ozgartirish kiritilib, ijaraga oluvchining xonasiga kelgan mehmon bir kundan ortiq muddatga qolgan taqdirda har bir kun uchun 3 000 (uch ming) som miqdorida tolov tolashi belgilandi.Shunga kora, ijaraga oluvchining yaqin qarindoshlari yotoqxonaga kirishidagi cheklov olib tashlangan, shuningdek, boshqa shaxslarning mehmon bolib kelish muddati tort soatdan bir kunga uzaytirilgan.Xulosa ornida xalqimiz mehmondostligi, hatto xalqaro maydonda ozbekka nisbatan mehmondost iborasi ishlatilishi ham haqiqat. Ammo bir narsani unutmaylik. Vaqtinchalik yotoqxonada yashayotgan fuqaroning uyiga mehmon kelsa, u osha xonadonda vaqtinchalik kommunal tolov asosida yashayotgan tolovchining (xonadon sohibi emas) mehmoni hisoblanadi, Uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi uchun esa mehmon ham tolovchi.Shunday ekan, Endi uyga kelgan mehmon uchun ham pul tolarkanmiz. Navoiy shahri hokimi uyga keluvchi mehmonlarga soliq solgani aytilmoqda degan jumlalar bilan qon-qonimizga singib ketgan mehmondostlikni notogri talqin qilmaylik.Navoiy viloyati adliya boshqarmasi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0