Toshkent hayvonot bogi boshqaruvi xususiy kompaniyaga beriladi

Vazirlar Mahkamasining Toshkent hayvonot bogini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Hujjat matni Lex.uzda elon qilindi. Foto: Gazeta.uzMadaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent hayvonot bogi davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xojalik jamiyatiga aylantirgan holda, Wildlife Care MChJga ishonchli boshqarishga berish togrisidagi taklifiga rozilik berildi.Belgilanishicha:a) Toshkent hayvonot bogi masuliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan Toshkent hayvonot bogi davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi tasischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;b) ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga toliq rioya etilgan taqdirda shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;v) Toshkent hayvonot bogi masuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda Toshkent hayvonot bogi davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;g) ishonchli boshqaruvchi uchun tolanadigan haq miqdori Toshkent hayvonot bogi masuliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari boyicha hisoblanadigan divident hisobidan tolanadi;d) ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan Toshkent hayvonot bogi masuliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;ye) Toshkent hayvonot bogi masuliyati cheklangan jamiyatiga Toshkent hayvonot bogi davlat muassasasi uchun 2019-yilda ajratilgan mablaglardan kam bolmagan miqdorda budjet hisobidan mablaglar ajratilib boriladi.Qayd etilishicha, ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagi takliflar bildirilgan: dastlabki besh yil davomida 5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish; hayvonlar tarkibiy turini kopaytirish; yangi volyerlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish; hayvonlar uchun reabilitatsiya markazini tashkil etish va hayvonot bogi ishchilarining malakasini oshirish uchun oquv markazini tashkil etish; zamonaviy audio-video vizualizatsiyasini joriy etish va boshqalar.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0