Berlinda natsist Reynxard Geydrix qabri kovlab tashlandi
Berlinda noma’lum shaxslar Germaniya yetakchilaridan biri Reynxard Geydrixning qabrini kovlab tashladi, deb yozadi Meduza. Foto: “TASS”Qabr nima sababdan kovlangani noma’lum. Geydrixning tana qoldiqlariga teginilmagan.Politsiya ushbu qilmish qasddan sodir etilmaganini taxmin qilmoqda, chunki qabrda Geydrix ismi ko‘rsatilmagan.Geydrix Germaniya boshqaruvidagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan. U davlatning ichki dushmanlari bilan kurashish bo‘yicha faoliyat olib borgan hamda Yevropa hududida yahudiylarning ommaviy qatl etilishi tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz