UzAuto Motors avtomobillari Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi mumkin

“O‘zavtosanoat” AJda Saudiya Arabistoni qirolligining kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Foto: “O‘zavtosanost” AJ matbuot xizmatiUchrashuv davomida Arabiston kompaniya vakillari “O‘zavtosanoat” AJ mahsulotlarini o‘z mamlakatlari bozorida ilgarilatishga qiziqish bildirdi.Shuningdek, muzokaralar asosida kompaniya rahbari Adib Kutub hamkorlik shartlarini muhokama qilishga va kelgusida dilerlik kelishuvini imzolashga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0