Andijonlik erkak 50 yoshli xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 50 yoshli erkak xotini va 18 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 02:00 larda yuz bergan.Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro H.A. 50 yoshli turmush o‘rtog‘i D.A. va 18 yoshli qizi X.X.ning doimiy e’tirozlaridan charchab, ulardan o‘ch olish maqsad qilgan.U turmush o‘rtog‘i uxlab yotganligidan foydalanib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 3 marotaba va biqin qismiga 2 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, qizini oldiga go‘yoki kiyimlarini topib berishini aytib chaqirib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 1 marotaba, biqin qismiga 5 marotaba, tanasining orqasiga 9 marotaba va bilak qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan H.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0