Hafta ijtimoiy muammolari: Prezident shunday deganmidi?

Daryo kolumnisti Sarvar usta ananaviy ruknda otgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga toxtalib otadi.Prezident mamlakat yetakchisi. Aniqrogi, u mamlakatni yetaklab kelajak sari eltadi. Shu nuqtai nazardan qarasak, uning fikrlari, nutqlaridan parcha, qanotli iboralari joylarga yozib qoyilishi tabiiy holdek korinadi. Taraqqiy etgan davlatlar ham bundan istisno emas. Shunaqa-ku...Shunaqa deysiz-u, istagan narsasini yozib, ostiga prezident ismini qoyadiganlarga nima deysiz? Maqolaning peshonasini yarqiratish uchun prezidentdan iqtibos keltirishlariga konikdik, ammo prezident aytmagan gapni aytdi, deb yozish kamida hurmatsizlik hisoblanishi kerak emasmi? Bolmasa, ehhe, bilasizmi, nimalar yuz berishini?Avvallari kocha-koyda marhum prezident Islom Karimovning iqtiboslariga kozimiz tushmagan joy yoq edi. Endi Shavkat Mirziyoyevning iqtiboslarini tez-tez uchratamiz. Qashqadaryoning Pochkamar suv omboriga yaqin joyda katta avtotrassa chetidagi plakatga Tadbirkorning ishi kop, Qayda bolsa ishi xob, deb yozib, ostiga prezident ism-sharifini qoyishibdi. Hech eslolmadim prezident biror marta qofiyali ibora aytganmidi?Kasbi tumanining Qamashi QFYga kirishda esa prezident nomidan yana bir garoyib ibora yozilibdiki, oqisangiz bu ozbek xalq maqoli emasmidi? deysiz. Qamashiliklardan originalini kutib qolamiz.Eng qizigiga endi keldik. Termiz shahridagi bosh shifoxona devoriga yozilgan fikrni oqing: Tibbiyot xodimlari salomatligimiz posbonlaridir. Uzr, bu gap yozilmaguncha tibbiyot xodimlari salomatligimizga posbon ekanligini bilmasmidik? Mana, bugun bilib oldik, bizdan baxtli yoq. Yana bu qadar sodda, hamma biladigan gapni prezidentga nisbat berilgani nimasi? Foto: DaryoXosh, yana qanday iboralarni xalqqa yedirmoqchi bu mahalliy rahbarlar? Yozavering, Yoz issiq, qish sovuq boladi, qishda pechka qurish kerak, yozda esa shart emas, deb yozing. Maktabda bolaga bilim beriladi, shifoxonada esa davolanadi, deb yozing. Hovuzda suv boladi, chomilishga tushsangiz hol bolasiz, keyin artinishni unutmang, deb yozsak-chi? Bankda pul boladi, qassobxonada esa gosht sotiladi. Bankdan gosht, qassobxonadan pul sorash Ozbekiston fuqarosiga joiz emas, deb yozilsa qanday boladi? Ostiga nima yozishni yaxshi bilasiz.Ozgina kitob oqiylik, yaxshilar. Hech bolmasa prezident nutqi va asarlaridan nimani olishni organaylik.Sarvar ustaMuallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:Koraylikchi, qaysi viloyatniki uzun, kimniki baland?Mening ogrigina zavodimQoshni davlatdan gaz import qilaylikAbdulloh_qayerda_edi?Uyqu markazidan ovqat markazigachaSartaroshxona siyosiy suhbatlariNanomaterialdan ketmon yasab...Ganiyev gildirakni gizillatib gildiratdiYubka kiying erkaklar, salla orang yigitlarShirin qovunlar mamlakati-2: Hojatxona sammiti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0