Apple, Google va Tesla’ga xomashyo qazib olinuvchi konlarda bolalar o‘limi qayd etildi

Kongo demokratik respublikasidagi kobalt konlarida bolalar halok bo‘layotgani munosabati bilan Apple, Google’ga tegishli Alphabet, Tesla, Dell va Microsoft kompaniyalari ustidan sudga jamoaviy shikoyat arizasi kiritildi, deb xabar berdi Meduza. Foto: ReutersVashingtondagi sudga Kongoda yashovchi 14 oila murojaat qilgan. Ularning farzandlari kobalt konida yo halok bo‘lgan yoki ish jarayonida jarohat olgan. Ushbu kon Britaniyaning Glencore xomashyo treyderiga tegishli. Gap beshta o‘lim holati, qolgan hollarda esa og‘ir jarohatlar haqida ketmoqda.Glencore qazib olingan kobaltni Umicore kompaniyasiga sotadi. Bu kompaniya esa kobaltni texnologik kompaniyalarga sotadi. Texnologik kompaniyalar kobaltda litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarishda foydalanadi.Shikoyat arizalari mualliflarining ta’kidlashicha, Apple, Google, Tesla, Microsoft va Dell Kongoda kobalt qazib olishda xavfli sharoitlarda bolalar mehnatidan foydalanilishini bilgan.“Biroq shunga qaramay ular bolalar mehnatiga barham bermagan. Aslida kobalt yetkazib berish zanjirini nazorat qilishga ularda vakolat ham, pul ham bo‘lgan. Aynan kompaniyalarning e’tiborsizligi bolalar o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan”, — deyiladi shikoyat arizasida.Arizachilar javobgarlardan jabrlangan bolalarning dori-darmonlariga sarflanishi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni hamda jarohatlanganlarga qilinayotgan tibbiy muolajalarni nazorat qilishni talab qilmoqda.Glencore The Guardian gazetasiga bolalar mehnatidan foydalanmasligini aytgan. Nashr, shuningdek shikoyat qilingan kompaniyalardan ham izoh olishga uringan. Shu kunga qadar ushbu kompaniyalardan hech biriga bunday ayblov qo‘yimagani aytilmoqda.Butun dunyoda iste’molda bo‘lgan kobaltning 60 foizi Kongoda qazib olinadi.  Amnesty International 2016-yilda Kongodagi kobalt konlarida bolalar mehnatidan foydalanilishini taxmin qilgan edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0