Boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda Ozbekistonda internet qimmatmi?

Picodi.com tahlilchilari dunyoning 62 davlatidagi 223 ta eng yirik cheksiz internet yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan narxlar bilan tanishib chiqib, eng arzon internet qayerda ekanligi haqida malumot berdi, deb xabar qiladi Spot. Foto: KveloInternetdan qulay foydalanish bir necha omillarga bogliq. Bularga quyidagilar kiradi: nominal tarif stavkasi, tarmoqqa ulanish texnologiyasi, simsiz signalning ulanishi, tarmoqning yuklanishi, shuningdek, tashrif buyurilgan veb-sayt sifati va uning serverlariga masofa.Speedtest malumotlariga kora, hozirgi kunda dunyoda simli internetning ortacha tezligi 70 Mbit/soniyani tashkil etadi.Oz navbatida 100 Mbit/s bu koplab davlatlar tomonidan taqdim etiladigan ortacha internet tezligi hisoblanadi. Bu kabi tezlik bir nechta qurilma orqali saytlarga kira olishni va 4K formatidagi videolarni korishni bemalol taminlaydi.Polsha, Ruminiya, Fransiya va Singapur kabi davlatlarda yirik internet-provayderlar bu kabi past tezlikni taklif etmaydi.Polsha va Ruminiyada minimal tarif 150 Mbit/s, Fransiyada 200 Mbit/s, Singapurda 500 Mbit/s. Tojikiston, Turkmaniston va Vyetnamda esa 100 Mbit/s tezlik barchaga ham berilmaydi. Skrinshot: PicodiKorib chiqilgan davlatlar orasida 100 Mbit/s internet tezligi uchun JAR aholisi oyiga 87 dollar tolasa, Islandiya va Norvegiya aholisi 69 dollar tolaydi.Ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlari esa bundan ham kamroq tolaydi: Moldova oyiga 9,66 dollar, Rossiya 7,68 dollar, Ukraina esa oyiga 6,19 dollar. Ozbekiston va Qirgiziston esa bu kabi tezlik uchun tegishli ravishda 51,22 dollar va 34,13 dollar tolaydi.Qozogiston eng past narxlar beshligiga kirib ulgurgan 11,21 dollar.Ruminiya, Ukraina, Vengriya, Hindiston, Moldova va Latviyada 20 dollardan arzonroqqa 1 Gbit/s tezlikda internet topish mumkin. Rossiyada esa bu pulga 890 Mbit/s tezlikdagi internet mavjud, Qirgizistonda 40 Mbit/s, Ozbekistonda 20 Mbit/s, Tojikistonda 1 Mbit/s.1 Gbit/s tezlikda 1 gigabayt faylni sakkiz soniya ichida yuklab olish mumkin. Koplab davlatlarda bu maksimal taklif etiladigan tezlik. Bu kabi tezlikning eng arzoni Ruminiyada bolib, oyiga 8,84 dollar turadi. Markaziy Osiyodagi yirik provayderlar ayni vaqtda 1 Gbit/s tezlikni taqdim etmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0