XDP eskicha qoliplarda ishlamoqda, hali uygonmagan: Milliy tiklanish gazetasi bosh muharriri senator Vorisovaning prokurorga shikoyati haqida (video)

Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida otkazilgan debatlarvaqtida Milliy tiklanish gazetasi bosh muharriri Mirodil Abdurahmonov XDP azosi Maqsuda Vorisova haqidagi maqolaga nima sababdan Xalq demokratik partiyasi rasmiy ravishda javob qaytarmasdan, senator gazeta ustidan prokuraturaga shikoyat qilganini soragan. Foto: Milliy tiklanish gazetasiEslatib otamiz,Milliy tiklanish demokratik partiyasi bosh nashri bolgan gazetaning anonsida XDP azosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday qarindoshligi bor? sarlavhali maqola chop etilishi bildirilgan. Anonsda maqolaga ishlangan kollaj ham keltirilgan bolib, unda XDP va Rossiya kommunistlari partiyasi ortasida mafkuraviy qarindoshlik borligiga ishora qilingan. Chunki mazkur siyosiy institut sobiq Ozbekiston kommunistik partiyasi tugatilganidan song tashkil etilgan.Tasavvur qilyapsizmi, hali elon qilinmagan maqola uchun prokuraturaga murojaat qilinyapti. OAV erkin, ular ozining nuqtai nazarini oquvchiga yetkazishga harakat qilyapti. Bu nimadan dalolat beryapti? Bu XDP siyosiy jarayonlarda uygonmayotganini, eskicha qoliplarda ishlayotganini korsatadi. Gazetada chiqqan anons bilan prokurorga murojaat qilish togrimi? OAV haqida munosabat haqida gap ketyapti. Agar ikki marta prokurorga yozib berilsa, hech kim hech nima yozmay qoyadi. Biz nohaq bolsak, nega XDP ozining gazetasida rasmiy javob qaytarmadi?, deydi jurnalist.XDP vakilining sozlariga kora, gazeta ustidan shikoyat qilish bu Vorisovaning konstitusiyaviy huquqi, bu uning shaxsiy ishi.Takidlanishicha, Milliy tiklanish gazetasida chop etilishi kerak bolgan maqolada senator Maqsuda Vorisovaning bir yigilishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj xalqni himoya qilishni vada qilgani, oradan bir hafta otib esa Zyuganov ham xuddi shu gaplarni gapirgani haqida yozilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0