Zarafshonda mast erkak IIB inspektorini pichoqlab qoydi

Zarafshon shahrida IIB HPB profilaktika inspektori ozining hayotini xavf ostiga qoyib, xotinini oldirmoqchi bolgan erni qolga oldi, deb xabar beradi Postda. Foto: Kazinform14-dekabr kuni Zarafshon shahar 2-kichik tumanida yashovchi 1979-yilda tugilgan H.J. uyiga mast holda qaytib, arzimas sababni bahona qilib janjal kotargan. Spirtli ichimlik tasirida aql-hushini yoqotib, turmush ortogi va farzandlarini ayovsiz haqorat qilagan. Turmush ortogi R.I.ni oldirishini aytib, uyida pichoq izlay boshlagan.Farzandlari uydagi kesuvchi jismlarni yashirishga ulgurgani sababli uydan qolga ilinarli biror narsa topolmagan H.J. pichoq izlab kochaga otlanganidan foydalangan R.I. hududda xizmat olib borayotgan Zarafshon shahar IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Farid Soibovga murojaat qiladi.Vaziyatni togri baholagan profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash boyicha yordamchisi Z.Erkinov bilan birga voqea joyiga yetib borib, janjaldan otakasi yorilgan bolalarni tinchlantadi.Kochadagi dokondan oshxona pichogini sotib olib, uyiga qaytgan H.J. eshik oldida ichki ishlar organi xodimini korgach, ichkariga kirishga harakat qilgan. Biroq bunga yol qoymagan leytenat F.Soibov vaziyatga oydinlik kiritish uchun gaplashib olishlari lozimligini malum qiladi. Shu payt fuqaro H.J. yengi ichida yashirib olgan pichoq bilan uning qorin qismiga bir necha marta jarohat yetkazib, ichkariga bostirib kiradi.Ogir jarohat olgan bolishiga qaramasdan ozini yoqotib qoymagan va inson hayotini saqlab qolishni burchi deb bilgan profilaktika inspektori H.J.ni qolga olib, zararlantirishga muvaffaq bolgan.F.Soibov ogir ahvolda shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bolimiga yotqizilgan. Oz vaqtida zarur choralar korilgani sababli ichki ishlar organi xodimining hayoti saqlab qolingan.Fuqaro H.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, qamoqqa olingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0