XDP: Pul huquqdan ustun qoyilmasligi shart

Ozbek milliy davlatchiligida qadimdan ijtimoiy tenglik, xalqparvarlik tamoyillari ustuvorlik qilgan. Buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temurning adolat va tenglikka asoslangan davlat boshqaruvi ham buni tasdiqlaydi.Mamlakatimizda xalqchillik, insonparvarlik, erkinlik siyosati yuqori bosqichga chiqdi, inson qadr-qimmati kotarilyapti, xalqni qiynayotgan soxta mamuriy tosiqlar olib tashlanyapti. Ijtimoiy himoya kuchaytirildi. Mansabdorlar xalq dardini tinglashni organdi.Biroq, afsuski, ijtimoiy tenglikni taminlash borasida hali qator muammolar bor.Masalan, tugal yechimini topolmay, xalqning haqli etiroziga sabab bolayotgan Toshkent shahri va viloyatiga propiskaga qoyish tartibi bilan bogliq huquqiy meyorlarni takomillashtirishga ehtiyoj juda yuqori. Konstitutsiya yurtimiz fuqarolarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidanqatiynazar, qonun oldida tengligini kafolatlasa-da, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qoydirish boyicha cheklovlar saqlanib turibdi. Birlamchi bozordan yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olish orqali doimiy propiskaga otishga ruxsat berilgani bilan bunday turarjoylar nihoyatda qimmatligi sababli kopchilikning uni xarid qilishga qurbi yetmayapti. Boz ustiga, katta miqdorda davlat boji belgilangan. Mana shu holat ham huquqlar va imkoniyatlar tengligi tamoyilining buzilishiga bir misol hisoblanadi.Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi etib belgilanganiga qaramay, yangi qabul qilinayotgan koplabmeyoriy-hujjatlardaijtimoiy tenglik tamoyili tolaqonli oz ifodasini topmayotganiga asoslar mavjud. Masalan, avtotransport vositalari oynalarining tusini ozgartirish (qoraytirish) bilan bogliq qonunchilikka kiritilgan ozgartishlar ozini oqlamaganini davrning ozi korsatdi. Hayotiy zarur sarf-xarajatlarni qoplashga ham yetmaydigan oylik maoshga kun kechiradigan oddiy aholi bu qulaylikdan foydalana olmadi. Bu xalq orasida barcha qulaylik va imtiyozlar faqat aholining davlatmand qatlami uchunmi, degan haqli etirozlar paydo bolishiga sabab bolmoqda. Qolaversa, oliy talim muassasalariga kirish test sinovlarida eng kam ball toplagan bolsa ham, tolov-shartnoma summasining belgilangan yuqori miqdorini tolab oqishi mumkinligi, poytaxtdagi ayrim nufuzli umumtalim muassasalariga qabul qilishda pullik xizmat joriy etilishi bilan bogliq meyoriy hujjatlar yangi imkoniyatlardan faqat aholining muayyan qismi foydalanishi uchun imkoniyat yaratmoqda. Bu kabi bahstalab masalalar talaygina.Xalq demokratik partiyasi qonun hujjatlarini qabul qilishda aholining barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar yaratadigan, ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillariga tayanish va aholining barcha, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun davlat, jamiyat va sud-huquq sohalarida tenglikni taminlash zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.Barcha islohotlarning tub mohiyati va maqsadi xalq farovonligini oshirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish, inson haq-huquqlarini, ijtimoiy tenglikni taminlashga qaratilishi maqsadga muvofiq.Shuni inobatga olgan holda davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiyani taminlash nihoyatda dolzarb vazifadir. Bu yonalishda quyidagi chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish lozim:Birinchidan, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim jabhalari, aholining hayotiy ehtiyojlariga daxldor bolgan va jamoatchilikda alohida qiziqish uygotadigan masalalar boyicha ijro hokimiyati tomonidan qaror qabul qilishda, parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan majburiy jamoatchilik maslahatlarini otkazish mexanizmini joriy etish zarur. Ayni kunda qaror loyihalari onlayn muhokamaga qoyilishi amalda ozini oqlamayapti, jamoatchilik ijtimoiy fikrini tolaqonli korsatib bera olmayapti. Muhokamalarda bildirilgan orinli fikrlar etiborsiz qolmoqda. Ayrim qarorlarning qabul qilinishida xalq davlat hokimiyatining asosiymanbasiekanligi, uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab berishi esdan chiqarilmoqda. Oqibatda ijtimoiy tengsizlikka yol ochib beradigan qarorlar muhokamaga qoyilmoqda. Partiya taklif etayotgan tizim esa bunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan.Ikkinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qollab-quvvatlash bilan bogliq meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi va ekspertizasidan otkazish majburiyligini qonunchilikda mustahkamlash kerak. Qonun hujjatlarining tasirini baholash togrisidagi va Meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi togrisidagi qonunlarni qabul qilish hamda Jamoatchilik nazorati togrisidagi va Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi qonunlariga ozgartirishlarkiritishga zaruratsezilmoqda.Xulosa qilib aytganda, qonunchilik adolatli va insonparvar bolmasa, qonun ustuvorligining ahamiyati qolmaydi. Xalq demokratik partiyasi hukumat qarorlari ijtimoiy demokratiya mezonlariga mos holda qabul qilinishi uchun kurashadi. Toki huquq va majburiyat, imkoniyat va imtiyozlarkatta-yukichikka barobar bolsin, kimgadir berilgan huquq boshqanikini toptamasin.Biz ijtimoiy demokratiya huquqlar tengligi va ularni amalga oshirishda imkoniyatlar tengligi tarafdorimiz!Saylovlarda Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!Boymurod Yusupov, OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiriReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0