Jahongir Ortiqxojayev Yaponiyada Nagoya shahri meri bilan uchrashdi

Ozbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Toshkent shahrining hokimi Jahongir Ortiqxojayev Nagoya shahrida shahar meri Takashi Kavamura bilan uchrashdi. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiToshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda janob Takashi Kavamura Ozbekistondagi samimiy va dostona qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Toshkent bilan turli sohalarda ozaro manfaatli hamkorlikni olib borishdan mamnunligini aytib otdi.Takidlanishicha, mazkur tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan qator hujjatlar imzolanishi kozda tutilgan. Xususan, Toshkent va Nagoya ortasida ozaro hamkorlikka oid shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.Mavzuga doir:Tokioda OzbekistonYaponiya biznes-forumi bolib otdiShuningdek, ikki shahar ortasidagi munosabatlarning keyingi bosqichida shahar qurilishi, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, ilmiy-texnika va sogliqni saqlash sohasidagi keng kolamli loyihalarni birgalikda amalga oshirilishi ham kozda tutilgan.Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jonab ketgani haqida xabar berilgan edi. Prezidentining Yaponiyaga tashrifi doirasida qiymati 6,5 milliard dollarga teng bolgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0