Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlash hukmi haqida fikr bildirdi

Ozbekiston Xalqaro Islom akademiyasi saytidaIslom sivilizatsiyasi markazi direktorining orinbosari Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlanish masalasidagi mulohazalari elon qilindi. Foto: Ozbekiston Xalqaro Islom akademiyasi matbuot xizmatiUning takidlashicha, songgi yillarda internet sahiflari, turli portal va va ijtimoiy tarmoqlarda milodiy yangi yil kunini bayramona kutib olish, ushbu munosabat bilan bir-birini tabriklab, tilaklar bildirish kabi odatlar islom dini talimotiga zid va kufr deb atash avj olib bormoqda. Shularni etiborga olib, bu kabi nizoli masalaga oydinlik kiritish va unga xolisona yondoshib, oz fikrini bayon qilishga qaror qildi.Quyida uning bu boradagi fikrlari keltirildi:Milodiy yangi yil va uni nishonlash diniy shiorlar, yani namoz, zakot, roza, haj, umra, ikki hayit va boshqa marosimlarning vaqtini belgilash hamda ularga amal qilishda hijriy taqvimdan foydalanishga tosqinlik qilmaydi. Bunga etiroz bildiruvchilar xristianlar yoki boshqa gayridinlar bayramlarining musulmonlar tomonidan nishonlanishi shariy kitoblarda taqiqlangan-ku, musulmonlar ularga taqlid qilishdan qaytarilgan-ku, ular ham, musulmonlar ham yangi yilni nishonlasalar, ularga oxshagan bolib qolmaymizmi?, degan xavotirlariga quyidagicha javob beramiz.Ahli sunna val jamoa ulamolarining fatvo kitoblarida musulmon ozini gayridinlarga din va etiqodda oxshatishi harom ekani takidlangan. Shuningdek, kiyimiga xoch yoki boshqa botil aqidalarning ramziy belgilarini osib yurish musulmonlarga nojoizdir. Ammo kiyiladigan, butun bashar umumsuratda qabul qilingan oddiy libos, zeb-ziynat, uy-joy kabi etiqodga daxl qilmaydigan narsalarda oxshashlik yuzaga kelgan taqdirda bunga ruxsat beriladi.Xuddi shuningdek, agar milodiy yangi yil Xudoning ogli Iso tugilgan kun deb nishonlansa, bu islom aqidasiga mutlaqo togri kelmaydi. Biroq, internet shayxlari tomonidan bot-bot takidlanadigan milodiy yangi yilni nasroniylar Isoning tugilgan kuni sifatida nishonlaydi, degan fikr ham ilmiy asosga ega emas.Ammo musulmonlar tomonidan 1-yanvar kunini milodiy sananing yangilanishi sifatida, Iso alayhissalomning tavallud kuni yoki boshqa etiqodlarga boglamagan holda nishonlanishining sharan zarari yoq. Mana masalan, Ozbekiston musulmonlari ham 1-yanvar arafasida bir-birini tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etadi. Bugungi dunyoda yashayotgan millionlab musulmonlarga ham bu odat bolib qolgan. Ana shunday bir sharoitda milodiy yangi yilni nishonlasa, xristianlarga oxshab qoladi, deb shuncha musulmonni kofirga chiqarish mantiqqa togri keladimi?! Bunday qatiy hukm chiqarishdan avval islom aqidasini yaxshiroq organish lozim. Musulmonlarni kofirga chiqarish uchun ularning haqiqiy etiqodini aniqlab, keyin hukm chiqarish kerak.Zero, hadisi sharifda takidlanganidek, barcha amallar niyatga qarab baholanadi. Odamlarni kufrda ayblayotgan kishilar shuni bilsinlarki, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifda janob Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam birovni kofirga chiqarish qanchalik xatarli ekanini takidlab: Kim oz birodarini kofir desa, qaraladi, agar osha ikkinchi shaxs haqiqatan kofir bolsa, rost gapirgan boladi. Bordi-yu agar u kofir bolmasa, kofirlik ayblovchining oziga qaytadi, deb aytganlar.Malumki, Ozbekiston marifat va taraqqiyot yolidan bormoqda. Binobarin, mamlakatimizda diniy bayramlar bilan bir qatorda dunyoviy mohiyatga ega bir qancha bayramlarni ham nishonlash odatga aylangan. Roza va Qurbon hayitlari munosabati bilan davlatimiz rahbarining tabriknomalari elon qilinishi, hayit namozlari va bayramlarini namunali otkazish togrisidagi qarorlar qabul qilinayotgani, haj va umra ziyoratlarining tartibli tashkil etilayotgani, masjidlarimizning soni muntazam oshib borayotgani, diniy adabiyotlarning katta adadlarda nashr etilayotgani natijasida etiqodli xalqimizning imon va ixlosi yanada mustahkamlanib borayotgani uchun Alloh taologa behisob hamdu sano va shukronalar qilishimiz lozim.Shayx Abdulaziz Mansur, Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining orinbosari

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0