Diktatordan demokratgacha. Buxoroda tugilmagan Muhammadu Buxoriy haqida

Dunyoni yaxshilaymiz deb hisoblaydigan shaxslar doimo uni yomon voqealarga olib kelgan, ammo diktatorlarga hech qachon hayotdan zavqlanish hissi tanish bolmagan.Erix Mariya Remark, olmon yozuvchisiNigeriya shimolidagi Daura shaharchasi Afrika qitasida azaldan islom tamaddunining ochogi sifatida baholab kelingan. Afrikalik koplab tarixchilar, etnograflar butun Afrika qitasiga islom dini yoyilishida Nigeriya shimolidagi islomni qabul qilgan xalqlar alohida tilga olinadi. Ana shunday islomiy shaharchada Boko haram ustidan galaba qozonish istagida bolgan, oz oldiga ulkan maqsad va niyatlarni qoygan sobiq diktator Muhammadu Buxoriy ozini yangi demokrat sifatida tanishtira boshladi va saylovda golib chiqdi. 17-dekabr uning tugilgan kuni. U haqda Daryo kolumnisti Jahongir Ergashev hikoya qiladi.Muhammadu Buxoriy 1942-yil dekabrida Nigeriyadagi fulbe qabilasiga mansub Odam va Zulayxo oilasida dunyoga keldi.Muhammadu tort yoshga tolganida otasi vafot etdi. Bolgusi prezidentning tarbiyasi bilan onasi shugullana boshladi. Uning bolaligi qanday kechgan haqida aniq malumot yoq, yoki atayin yoq qilingan.Malumotga kora, Muhammadu Buxoriy boshlangich talimni Katsina shahridagi boshlangich maktabda olgan. Ammo bu haqdagi malumot togri ekanini isbotlovchi dalillar yoq. 2015-yildagi prezidentlik saylovida undan boshlangich talim haqidagi malumotni taqdim etishi soralganida bolgusi prezident taqdim eta olmagandi.Ilk harbiy faoliyatiBuxoriy 1961-yilda Nigeriyadagi Harbiy amaliyotlar kollejiga oqishga qabul qilindi. 1964-yilning fevral oyida kollej nomi va maqomi ozgartirilib, muassasa Nigeriya mudofaa akademiyasi deb nomlandi. 19621963-yillarda bolgusi general Angliyadagi zobitlar maktabida talim oldi. Foto: Google PhotosOqishni tamomlagach, Muhammadu leytenant zobitlik darajasini oldi va Nigeriyadagi Abeokuta polkini boshqarishga yuborildi.Buxoriy bir oz vaqt Kongoda BMTning tinchlikparvar kuchlari moviy kaskalari safida xizmat qildi, song harbiy mahoratini oshirish maqsadida yana Britaniyaga yol oldi.1966-yilning iyul oyida 24 yoshga tolmagan Buxoriy general Agui-Ironsi hokimiyatini qulatishda ishtirok etdi. Shu voqeadan song uning siyosiy karyerasi asta-sekinlik bilan osa boshladi. 1970-yilda u polkovnik maqomiga sazovor boldi va diviziyani boshqarish imkoniga ega boldi.1973-yilda Hindistonda zobitlar tayyorlash kurslarida oqidi va vataniga qaytib kelib, prezident Yaqub Dan-Yumma Govonni hokimiyatdan chetlatishda ishtirok etdi. Muhammadu Buxoriy isyonda asosiy kuch bolmagan esa-da, xizmatlari uchun Borno shtati gubernatori maqomi bilan siylandi.Isyon natijasida hokimiyatga Oluseguna Obasanjo keldi. Buxoriy uning davrida prezidentning xos davrasi azolari qatoriga qoshildi. Unga neft va tabiiy zaxiralar federal qomitasi rahbarligi ishonib topshirildi. Qiziq jihat shuki, qomita davrida davlat boyliklar talon-toroj etilgan bolsa-da, bu Muhammadu Buxoriyning kelajagiga soya solmadi.1979-yilda hokimiyat harbiylardan fuqarolik jamiyati vakillari qoliga otdi. Muhammadu Buxoriy oz sohasi bolmish harbiylik bilan shugullanishga qaror qildi. 1980-yilda AQShda harbiy amaliyot mashqlarida malaka oshirib qaytgach, unga generallik rutbasi topshirildi.1983-yilda Nigeriya manfaatlar toqnashuvi natijasida Nigeriya Chad urushiga aralashishga majbur boldi. Neftga egalik qilish osha kezlarda Nigeriya va Chaddagi qabilalar uchun daromadga, tasirga ega bolish istiqbolidek korinardi. General Muhammadu Buxoriy Nigeriya prezidenti Shagari korsatmalariga zid ravishda Nigeriya hududiga bostirib kirgan chadliklarning tazirini berib qoyishni istadi.Mazkur voqea Shagari isyon natijasida prezidentlik martabasidan ketishining boshlanish nuqtasi boldi. Amaldagi prezident hokimiyatdan chetlatilishida Muhammadu Buxoriy asosiy rolni bajargan bolsa-da, u kamtarlik bilan xizmatlari unchalik kop emasligini aytishni xush korardi.Shagari hukumatdan ketishining qator sabablari bor edi: u yuritayotgan siyosat asosan harbiylar orasida norozilikka sabab bolayotgan edi. Harbiylardan chiqmagan kishi mamlakatda birinchi raqamli shaxs sifatida buyruq berayotgani mamlakatga joni va qonini fido qilgan harbiylarga yoqmayotgan bolsa, ikkinchi tarafdan, harbiylar amaldagi prezidentning Chad borasidagi siyosatini maqullamay kelayotgan edi. Ular nazarida, prezident Shagari muloyim supurgi edi. Shagari hokimiyatdan agdarildi, Buxoriy esa mamlakatning oliy rahbari boldi.Aholiga Shagari xalq manfaatlaridan kora shaxsiy manfaatlariga intilib, korrupsiyaga yol ochib bergani aytildi. Olomon korrupsiyachi siyosatchi jazolanganidan mushakbozlik qildi.Xalq oziga munosib rahbarni saylay olsagina hech qanday isyon, harbiy tontarishga orin qolmaydi.Muhammadu BuxoriyDiktator oldi, yashasin diktatorHokimiyat tepasiga kelgan Buxoriy mamlakatda konstitutsiya amal qilishini toxtatdi, parlamentni tarqatib yubordi va siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqladi. Natijada mamlakat 1960-yillardagi harbiy tartibga qaytdi. U mamlakatda kuch bilan tartib ornata boshladi. Tartibni kuch bilan singdirish maqsadida inson huqulari buzila boshladi. Harbiylar hattoki avtobus bekatlarida xalqni chipta olish uchun navbatga turishga orgata boshladi. Ishga kechga qolgan xodimlar jamoasi oldida qurbaqasimon sakrashni ijro etishi kerak edi.Hukumat korrupsiyaga qarshi keskin choralar kora boshladi, lekin bu choralar naf bermadi. Buxoriyning iqtisodiy islohotlari iqtisodiyot qonunlaridan uzoq va buyruqbozlikka asoslangan bolib, Shagarining siyosatini takrorlar edi. Buxoriy Xalqaro valyuta jamgarmasi tavsiyalariga itoat etmas, itoat etgan taqdirda milliy pul birligini devalvasiya qilishga togri kelar edi.Mamlakatda siyosiy partiyalar, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati asoslari taqib qilindi. Kimki amaldagi hukumat haqida salbiy fikr bildiradigan bolsa, qamoqqa tashlandi va surgun qilindi. Foto: Google PhotosAmmo chuqur oylanmagan iqtisodiy islohotlar natijasida Buxoriy hokimiyati 1985-yilda harbiylar tomonida agdarildi. Navbatdagi isyon boshida general Babangidi turar edi. Natijada diktator Muhammadu Buxoriy keyingi uch yilni qamoqda otkazishga majbur boldi.Yangi hokimiyat, yangi imkoniyatlarDavlat tontarishi amalga oshib, Nigeriya xalqi yangi diktator Sani Abacha zugumi ostida qoldi. Abacha sobiq generalning otmishdagi xizmatlarini unutmagan korinadi, uni 1995-yilda Petroleum Trust Fund tashkiloti prezidenti etib tayinladi. Bu tashkilot hukumat tarafidan Nigeriyada infratuzilmani yaxshilash va moliyalash maqsadida tuzildi. Buxoriy nigeriyaliklarga sidqidildan va vijdonan xizmat qilgan bolsa-da, Sani Abacha vafotidan song uni lavozimidan olib tashlashdi.Bu voqeadan song Muhammadu Boxoriy Nigeriya aholisi orasida mutloq nufuzga ega siyosatdon sifatida mashhur boldi. Sobiq Nigeriya rahbari sifatida u yangi tashkil etilgan Davlat kengashi azosi boldi. 2003-yildan boshlab konservativ partiya nomzodi sifatida hokimiyat uchun saylovda qatnasha boshladi.Musulmonlar barcha musulmonlar uchun ovoz berishi kerak.Muhammadu BuxoriySiyosiy nomzod sifatida Buxoriy oz oldiga quyidagi maqsadlarni qoygan edi:- Nigeriyaning barcha shtatlarida shariat qonun qoidalari amal qilishi;- Dini, millati va jinsidan qatiy nazar barcha teng huquqli bolishi.Shunga qaramay, sobiq diktator 2007-yildagi saylov kabi bu saylovda ham maglubiyatga uchradi. Eng xavotirlisi, 2007-yildagi saylov mamlakat tarixidagi eng soxta saylov sifatida etirof etildi.Yangi goya va natijaMuhammadu Buxoriy Petroleum Trust Fund rahbari lavozimida ishlar ekan, xalqning bir nayrasiga (nayra Nigeriya pul birligi) xiyonat qilmaganini korsata oldi. Bundan tashqari, prezident Jonatan Gudlak korrupsiya mashmashalariga aralashib qolgani, Boko haram guruhi faollashganiga qarshi chora kora olmayotgani 2015-yilgi saylovda harbiy sohada tajribali Muhammadu Buxoriy sezilarli darajada yuqori ovoz toplay olishiga sabab boldi. Maglubiyatlar inson tajriba ortirishiga yordam beradi deyishadi. Buxoriy ozidan yangi inson yasay oldi va siyosiy nomzodligiga dog tushiradigan hozirgi va kelajakdagi amallardan tiyilishga organdi. Foto: Google Photos2015-yilgi saylovda Muhammadu Buxoriyning galabasini taminlashga Yemi Osinbajo salmoqli hissa qoshdi. Uning Progressiv islohotlar uchun kongress partiyasi Nigeriya xalqi uchun yangi islohotlar yol xaritasini taqdim qildi. Muhammadu Buxoriy bu dasturdan ilhomlanibmi yoki siyosiy piar uchunmi, u munosib raqibligini tan oldi. Saylovda Muhammadu Buxoriy galaba qozondi va Yemi Osinbajo prezidentning orinbosari lavozimiga tayinlandi. Muhammadu Buxoriy davr ozgarganini tushunib yetgan edi.Boko haram muammosiSaylovda galaba qilgan prezident oldida mamlakatda ichki tartibni saqlash muammosi turar, nigeriyaliklar ogil-qizlari Boko haram tomonidan ogirlab ketilishidan norozi, hukumatdan tinch aholi osuda hayot kechirishini taminlashni talab qilar edi. Prezident Buxoriy Boko haramni qonundan tashqari deb elon qildi va unga qarshi keskin chora korishga vada berdi. Buxoriy Boko haramga qarshi chora korish uning kelajagiga ham daxldor ekanini yaxshi anglar edi.2018-yilda Boko haram tomonidan Yoba viloyatida 118 oquvchi qiz ogirlanishi Buxoriy mamuriyatiga katta zarba berdi. Bu Buxoriy mamuriyati mafkurasining maglubiyatidan darak edi. Bir oydan song oquvchi qizlar ozod etilgan bolsa-da, hamon nigeriyalik tinch aholi Boko haram zarbasidan xalos bolmaganligini barcha nigeriyaliklar anglab yetdi.Boko haramga qarshi Nigeriya hukumati sezilarli yutuqlarga erishib, ularni Kamerunning Sambisa ormonlariga chekinishga majbur qilgan bolsa-da, bu jogrofiy hudud Boko haramning asosiy tayanch bazasi bolib qolmoqda. Demak, Buxoriy hukumati Boko haram muammosidan tola qutulmadi.Bugungi vaziyatMuxolifat Buxoriy Boko haramga qarshi natijaga erishmadi deb tanqid qilayotgan bolsa-da, amaldagi hukumat mamlakatdagi asosiy muammolardan biri bolgan korrupsiyaga qarshi kurashda sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. Prezident huzurida korrupsiyaga qarshi kurash kengashi korrupsion holatlarga duch kelgan nigeriyaliklarga moddiy yordam berishi haqida dastur elon qildi. Hukumat sobiq mamuriyatning budjet xarajati masalasida keng miqyosda tergov ishlarini amalga oshirdi va ulkan miqdorda kamomad aniqladi.Shuningdek, hukumat budjet xarajatini muvofiqlashtirish amaliyotini boshladi. Bu esa Nigeriya hukumatiga 34 milliard nayra tejab qolish imkonini berdi. Davlat tashkilotlarida olik jonlarga tolanadigan maoshlarni yoqotishga erishdi. Foto: Google PhotosJahon banki Nigeriya iqtisodiyoti kelgusi yillarda 34 foiz osishini taxmin qilmoqda.Bugun Nigeriya hukumati oldida turgan asosiy masala Boko haramga zarba berish, aholi xavfsizligini taminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish va iqtisodiyotni neftga qaramlikdan qutqarish bolib qolmoqda.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0