Zarmitan tilla konidan portlovchi moddalarni olib chiqib ketishga uringan fuqaroga sud hukmi oqildi

Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi tasarrufidagi Janubiy kon boshqarmasiga qarashli Zarmitan konidan portlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda olib ketmoqchi bolgan fuqaroga sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryo muxbiri Farhod Norbotayev xabar bermoqda. Foto: Daryo25-avgust kuni Zarmitan konining kon kapital ishlari bolimida portlatuvchi bolib ishlab kelgan Jorabek Muhitdinov yer osti kon ishlarida portlatishda foydalanish uchun naryad varaqasi asosida ishonib topshirilgan portlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda olib ketayotgan vaqtida kon mamuriy binosining kirish qismida ushlangan.Malumotlarga kora, 2019-yilning mart oyidan buyon Zarmitan konining kon kapital ishlari bolimida portlatuvchi bolib ishlab kelgan Jorabek Muhitdinov 4 dona portlovchi moddalarni hamda portlovchi moddalarni harakatga keltiruvchi 2 dona kapsyul-detonator vositalarini olib ketmoqchi bolgan.Aniqlanishicha, Jorabek Muhitdinov lavozim yoriqnomasiga kora, ozi qabul qilib olgan portlovchi moddalarni doimiy nazorat ostiga olishi, ularni begona kishilarga berilishi, yoqolishi, oz-ozidan yoq bolib ketishi yoki qazilma joylarida, yer yuzalarida qolib ketishi, portlovchi moddalarni kerakli maqsadlarda ishlatishi, shuningdek, portlatish ishlari tugaganidan keyin ishlatilmagan portlovchi modda qoldiqlarini omborxonaga oz vaqtida topshirishi va naryad-yollanmaga ularning sarfini tasdiqlab, aniq korsatilishi uchun javobgarlik belgilangan.Jinoyat ishlari boyicha Qoshrabot tuman sudi sudyasi Ilhom Gulomovning malum qilishicha, Jorabek Muhitdinov Jinoyat Kodeksining 247-moddasi (Oqotar qurol, oq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 2-qismining v bandi bilan aybli deb topilib, 3 yil muayyan huquqdan, yani NKMK DKga qarashli konlarda portlatuvchi vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0