Jurnalist Ekologiya partiyasi vakiliga kesilayotgan daraxtlarga ozini boglashni taklif etib, arqon sovga qildi

Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida otkazilgan debatlar vaqtida jurnalist Malohat Yoldosheva Ekologiya partiyasi vakiliga kesilishi xavfi ostidagi daraxtlarga ozlarini boglashni taklif qildi. Kadr: TelegramJurnalistning sozlariga kora, 30-oktabr kuni Prezident qarori bilan daraxtlarning kesilishiga qoyilgan moratoriy tashabbuskorlari deputatlar emas.Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasidan malumki, daraxtlar kesiladigan bolsa, Ekologiya qomitasi emas, aynan Ekologiya partiyasi vakillari ozlarini daraxtga boylashadi. Meni ham daraxtga qoshib chopinglar, deyishadi. Biroq Ekologiya partiyasi tashkil etilganiga 11 oy, saylovoldi kampaniyasiga boshlanganiga 85 kun boldi. Sizda besh kun qoldi. Bu vaqt orasida shuncha daraxtlar chopildi, ammo men partiyaning biror vakili daraxtlarning kesilishiga qarshi chiqqanini kormadim, deydi Malohat Yoldosheva.Shu gaplarni aytar ekan, jurnalist Ekologiya partiyasiga vakiliga arqon uzatib Ekologiya partiyasi vakillari kesilayotgan daraxtlarga ozini boglasin dedi.Mavzuga doir:Video: Ekologik partiya azosi Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning oz hududidagi inspektor royxatidan otishini taklif qildiEkologiya partiyasi vakili Kamol Jumaniyozovning sozlariga kora, hozirda partiyaning 350 mingdan ortiq azosi bor.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0