Komil Allamjonov: mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi (video)

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov Telegramdagi rasmiy kanalida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlashga qaratilgan qaror imzolagan va hujjatda agentlik zimmasiga muhim vazifalar yuklatilganini takidladi. Foto: FacebookHujjatda agentligimiz zimmasiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan:tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolgan normani bekor qilish masalasi korib chiqiladi;sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlar va fuqarolarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi, sudlarning veb-saytlari va matbuot kotiblari ishini yaxshi tashkil qilish boyicha Oliy sud Plenumining qarori qabul qilinadi;hamon ogir ahvolda qolayotgan bosma nashrlar borasida davlat organlari muassis bolgan bosma OAVni kuchaytirish, tahririyat xodimlarining mehnatiga haq tolashni yaxshilash hamda bosma nashrlar veb-saytlarini rivojlantirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi;Teleradioeshittirishlar togrisidagi qonun ishlab chiqiladi va Ommaviy axborot vositalari togrisidagi qonunga ozgartishlar kiritiladi. Shu jumladan, tele va radiostansiyalarga litsenziya berish jarayoni soddalashtiriladi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi;Ozbekistondagi barcha davlat organlari faoliyatining ochiqligini, ularning OAV bilan aloqalarini kuchaytirish boyicha choralar ishlab chiqamiz.Ushbu qaror mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda soz va matbuot erkinligini taminlash yolidagi, ularni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim va dadil qadam boladi. Bu asnoda agentligimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni oz vaqtida va sifatli bajarilishi taminlanadi.Komil Allamjonov, AOKA bosh direktori

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0