Toshkentda 750 litr etil spirtini o‘tkazishga uringan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. 750 litr etil spirtini har bir litrini 29 000 so‘mdan hisoblab, 2 289 AQSh dollari evaziga fuqaro R.A.ga sotishga kelishib, undan 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: UZ24Ushbu etil spirtining kelib chiqish manbasi o‘rganilganda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “K.” MChJ rahbari B.Yu. spirt mahsulotlarini har bir litrini 13 500 so‘mdan hisoblab, fuqaro M.Q.ga sotganligi, M.Q. esa o‘z navbatida har bir litrini 20 000 so‘mdan hisoblab, fuqaro A.A.ga qonunga xilof ravishda sotishga kelishib olganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan “K.” MChJ rahbari B.Yu., fuqarolar M.Q., A.A va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0