Qashqadaryoda 5 nafar kam ta’minlangan bemorning ko‘zlari yashil lazer yordamida bepul operatsiya qilindi
Qashqadaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasiga zamonaviy fakoemulsifikator, OST uskunalari hamda yashil lazer uskunasi olib kelindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Foto: Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiMa’lum qilinishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dilshod Abdunazarov shifoxonada ikki kun davomida mazkur uskunalarda tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini tashkil etdi.Shifoxona shifokorlari va hamshiralari uchun “mahorat darslari” tarzida kechgan mazkur tadbirlar davomida fakoemulsifikator orqali 36 nafar bemorda tibbiy ko‘rik, 11 nafarida esa murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Foto: Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiYashil lazer uskunasida esa 20 nafar bemorda tibbiy ko‘rik, 7 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda bajarildi. Jarrohlik amaliyotlarining beshtasi kam ta’minlanganlar uchun mahalliy budjet hisobidan bepul amalga oshirildi. Yashil lazer uskunasi orqali o‘tkazilayotgan operatsiyalar hech qanday og‘riqsiz va qon ketishsiz kechmoqda.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz