Rustam Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada bolib otadigan sammitda ishtirok etadi

Ozbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boyicha davlat maslahatchisiRustam Qosimov va bosh vazir orinbosari Elyor Ganiyev boshchiligidagi delegatsiya2019-yil 1921-dekabr kunlari Malayziyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Foto: DaryoMalum qilinishicha, tashrif chogida Ozbekiston delegatsiyasi Milliy suverenitetni qolga kiritishda taraqqiyotning roli mavzusidagi Kuala Lumpur sammitida ishtirok etadi.TIV tomonidan takidlanishicha, sammit 2014-yildan beri mamlakat yetakchilari, turli davlatlarning jamoatchilik, ishbilarmonlik, akademik va ilmiy doiralari vakillarining musulmon olami oldida turgan tahdidlarni bartaraf etish boyicha fikr-mulohaza va ilgor tajribalarni almashish hamdaIslom tamaddunini qayta tiklashning eng yaxshi yollarini izlab topish boyicha hamkorlik maydonisifatida otkazib kelinmoqda.Malayziya bosh vaziri Mahathir Mohammad mazkur sammitning raisi hisoblanadi. Sammit ishida Osiyo va Yaqin Sharqning davlat va hukumat rahbarlari hamda boshqa mamlakatlar hukumatlarining yuqori mansabdorlari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.Vazirlikning malumot berishicha, Ozbekiston delegatsiyasining tashrifi dasturida Kuala Lumpurdagi vazirlik va idoralar, yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar otkazish hamda Ozbekiston Xalqaro islom akademiyasining Malayziyaning qator yetakchi islom universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan amaliy hamkorligi togrisida bitim imzolash ham rejalashtirilgan.Avvalroq Rustam Qosimovga Ozbekiston Xalqaro Islom akademiyasining rektori vazifasinibajarishyuklatilgan edi. U bir vaqtning ozida Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ham rektori hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0