Er xotinining ishdan kech kelishi sababli uning yuziga kislota sepdi (video)

Er xotinining bir nechta korxonada hisobchi bo‘lib ishlashi va ishdan kech kelishi, shuningdek, uning begona erkaklar bilan gaplashishi sababli uning yuziga sulfat kislotasi sepdi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” axborot dasturi xabar berdi.Voqeaning qayerda va qaysi sanada yuz bergani ma’lum qilinmagan mazkur lavhaga ko‘ra, B.M. ismli ayol kunduzgi soat 11:50 da ko‘chaga chiqqanda, qora niqobli noma’lum shaxs uning yo‘lidan chiqqan va yonida bo‘lgan idishdagi sulfat kislotani uning yuziga sepgan.Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida qora niqobli shaxs 1986-yilda tug‘ilgan B.S. ekanligi aniqlangan. Erkakka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.Dastlabki tergov davomida B.S. o‘zining shar’iy turmush o‘rtog‘i yuziga kislota sepishiga uning bir nechta korxonada hisobchi bo‘lib ishlashi, ishdan uyga kech kelishi va uning begona erkaklar bilan gaplashishi sabab bo‘lganini aytgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0