Nurdinjon Ismoilov: Qonunchilik palatasi faoliyatining songgi uch yili Shavkat Mirziyoyev taklif etgan islohotlarni amalga oshirish bilan bogliq boldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi vakolatlari muddati tugashiga ham oz fursat qoldi. Parlament quyi palatasi faoliyatining songgi uch yili Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan islohotlar yolini amalga oshirish bilan bevosita bogliq holda kechdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov fikr yuritgan. Foto:Facebook/Nurdinjon Ismoilov2017-yildan etiboran yangi demokratik institut Prezidentning Oliy Majlisga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Ushbu muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va ornini chinakamiga oshirish, Ozbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yolidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar boyicha ijtimoiy hamjihatlikni taminlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.Ushbu vazifalarga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sohasidagi ishlar qisqa muddatda qayta korib chiqilib, sifat jihatidan yangi shakl va usullar joriy etildi.Birinchidan, joylarda parlament nazoratini amalga oshirish, deputatlarning saylov okruglaridagi saylovchilar bilan hamkorligining shakllari va usullari, ijro etuvchi hokimiyat organlariga mavjud muammolarni hal etishda komaklashish, hududlarda tasirchan parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlari ozgartirildi.20172018-yillarning ozida respublikaning 137 ta tuman va shahridagi haqiqiy holat bevosita joylarga chiqib organildi. Shu asnoda koplab tahliliy va amaliy hujjatlar toplanib, mazkur hujjatlar asosida mahalliy davlat hokimiyati hududiy organlarining faoliyati tanqidiy jihatdan korib chiqildi.Fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarni, tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi tosiqlarni aniqlash uchun xonadonma-xonadon, uyma-uy yurilib, 400 ming nafardan ziyod fuqarolar hamda 14 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari bilan suhbatlar otkazildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar yolga qoyildi.Ikkinchidan, deputatlar korpusi qonun ijodkorligi faoliyatining natijadorligi oshdi. Agar 2016-yil mobaynida deputatlar tashabbusi bilan jami 11 ta qonun kiritilgan bolsa, 2017-yil mobaynida bu korsatkich 27 tani tashkil etib, 2,5 baravar osdi. Keyingi yillarda ham shunday osish kuzatildi.Uchinchidan, parlament faoliyatining asosiy yonalishlari samaradorligini oshirishni taminlash maqsadida uning yangi tuzilmaviy bolinmalari tashkil etildi. Masalan, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil qilindi. Ushbu institut faoliyati parlament ishini axborot-tahliliy jihatdan taminlash sifatini oshirishga, uning ishi samaradorligini kuchaytirish boyicha yangi ilgor uslubiyot va texnologiyalarni joriy etish uchun komaklashishga qaratilgani bilan ahamiyatli.Parlament tomonidan sogliqni saqlash tizimini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatning kop qirraliligi inobatga olingan holda, Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sogligini saqlash masalalari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qomitalari tashkil etildi. Oila va xotin-qizlar masalalari boyicha komissiya, shuningdek, Yoshlar masalalari boyicha komissiya tashkil etilib, ular faoliyati samarali yolga qoyildi.Tortinchidan, axborot maydonida deputatlar faoliyati sezilarli darajada faollashdi, jamoatchilikni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati togrisida xabardor etish borasida ularning roli keskin oshdi. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalardan foydalanilishi, Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytidagi barcha fuqarolar uchun ochiq bolgan deputatning virtual qabulxonasi xizmati xalq vakillarining barcha saylovchilar bilan munosabati sifati va tezkorligini, ular faoliyatining shaffofligi hamda hisobdorligi darajasini jiddiy tarzda oshirdi.Hozirgi vaqtda aynan deputatlar odamlarni bezovta qilayotgan dolzarb masalalar boyicha jamoatchilik bilan olib borilayotgan faol muloqotning tashabbuskori bolmoqda. Qisqa muddat ichida deputatlar ozlarining koplab dadil va ochiq chiqishlari bilan jamiyatda obro-etibor, hurmat qozonishga muvaffaq boldi. Parlament tomonidan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini, ularni amalda qollashning oziga xos xususiyatlarini aholining turli qatlamlariga tushuntirish borasida keng kolamli ishlar olib borilmoqda.Beshinchidan, parlament nazoratini yuritishning yangi shakli hukumatning har choraklik hisobotini eshitish deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish yolidagi muhim qadam boldi.Qabul qilingan qonunlarning, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotimiz bobidagi vazifalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan sifatli, oz vaqtida bajarilishi borasidagi parlament monitoringi milliy qonunchilikni, parlamentning nazorat faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini shakllantirish negiziga, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni taminlashning muhim omiliga aylandi.Deputatlarning har oy 10 kun davomida bevosita saylov okruglarida ishlashi natijasida xalq noiblari oz saylovchilarining ehtiyojlari va muammolari togrisida axborot olishini taminlovchi barqaror mexanizm shakllandi. Shuningdek, ikki tomonlama hisobdorlik tizimi yaratildi.Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishi ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi. Parlament azolari bu Kengashlarning ishida doimiy asosda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy va respublika darajasidagi deputatlarning birgalikdagi say-harakatlari bilan uzoq yillar davomida oz yechimini topmay kelayotgan koplab masalalar tezkor ravishda hal etilmoqda.Mamlakat rahbarining davlat hokimiyati turli tarmoqlarining ozaro bir-birini tiyib turish hamda muvozanatini saqlash mexanizmlari tizimida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslari alohida etibor va etirofga loyiqdir. Natijada Oliy Majlisning faoliyatiga hukumat ishi ustidan parlament nazoratining muhim turi muntazam ravishda otkaziladigan hukumat soati joriy etildi.Hukumat azolarining nomzodlarini tasdiqlash borasida Prezident tomonidan ilgari surilgan tajriba Oliy Majlisning nazorat qilish vakolatlarini kengaytirish yolidagi yana bir muhim qadam boldi.Ozbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida parlament Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, ochiq, ozaro manfaatli va amaliy tashqi hamkorlikka qaratilgan, Vatanimiz milliy manfaatlarini himoya qilishga hamda ilgari surishga asoslangan tashqi siyosiy yolning faol ishtirokchisiga aylandi.Mamlakat parlamenti samarali xalqaro aloqalar siyosatini amalga oshira borib, qisqa muddat ichida koplab nufuzli parlamentlararo birlashmalarning faol ishtirokchisiga aylandi. Parlamentlararo Ittifoq, MDHga azo mamlakatlarning Parlamentlararo Assambleyasi shular jumlasidan bolib, Ozbekiston parlamenti azolari mazkur tashkilotlar rahbarlik tuzilmalaridagi yuqori lavozimlarga tayinlandilar. Bundan tashqari, Ozbekiston 2017-yildan etiboran ozining YeXHT Parlamentlararo Assambleyasidagi ishtirokini qayta tikladi.Parlament tashqi siyosat borasida belgilab berilgan ustuvor yonalishlar Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, dunyoning yetakchi davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan strategik sheriklikning kop qirrali tizimini shakllantirish, respublikamiz hududidan tashqaridagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilishni taminlash sohalarida faol ishtirok etmoqda.Ishonchimiz komilki, xalq saylagan vakillar orqali fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi haqiqiy demokratik organ sifatida shakllangan, davlat hokimiyati organlari tizimida munosib orin egallagan, mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan va keng kolamli islohotlarga jalb etilgan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusida ham davlat rahbarining xalq farovonligi, Vatan gullab-yashnashiga qaratilgan Yangi siyosiy yolining faol ishtirokchisi va davomchisi bolib qoladi, deydi Nurdinjon Ismolilov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0