Jizzaxda 34 yil mehnat tatiliga chiqmagan hamshiraga 34 mln som kompensatsiya tolandi

Jizzaxda 34 yillik mehnat faoliyati davomida mehnat tatiliga chiqmagan Gulchehra Yaxshiboyevaga kompensatsiya puli undirib berildi. Bu haqda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi vakillari malum qildi, deya xabar beradi Sof.uz. Foto: DaryoKasaba uyushmasi Gulchehra Yaxshiboyeva manfaatini kozlab javobgar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan foydalanilmagan mehnat tatili uchun kompensatsiya hamda manaviy zarar undirish togrisidagi davo talabi bilan murojaat qildi. Unda 34 yillik faoliyati davomida mehnat tatilidan foydalanilmaganligi uchun kompensatsiya hamda 12 million som manaviy zarar undirilishi soralgan.Sud majlisida arizachi G.Yaxshiboyeva 1976-yil dekabr oyidan 2016-yil 14-yanvarga qadar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasida hamshira vazifasida ishlab kelganligi, 19822015-yillar davomida mehnat tatiliga chiqmaganligi malum qilingan. Mehnat qonunchiligiga kora, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoshimcha tatillar uchun pullik kompensatsiya tolanishi belgilab qoyilgan.Sud qarori bilan javobgar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasidan Gulchehra Yaxshiboyeva foydasiga 34 110 848 som kompensatsiya undirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0