DSP importiga aksiz soligi joriy etishga oid qaror loyihasi muhokamadan olindi

Ozbekiston Prezidentining Yogoch-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlari togrisidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olindi. Bu haqda Daryoning hukumatdagi manbalari xabar berdi. Foto: DividendsXabar berilishicha, qaror loyihasi jamoatchilik fikri va tadbirkorlarning takliflari organib chiqilganidan keyin muhokamadan olingan. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan korxonalarning DSP ishlab chiqarish boyicha quvvatlari ichki bozordagi mazkur mahsulotga bolgan talabni qodirishga yetarli emasligi qayd etilgan.Mazkur qaror loyihasi noyabr oyi oxirida jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilingandi. Qaror loyihasida 2020-yil 1-yanvardan boshlab yogoch-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlari importiga 1 metr kub qatiy 25 dollar hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab qatiy 30 dollar miqdorida aksizjoriy etish taklif qilingan edi.Ozbekiston mebel va yogochni qayta ishlash sanoati assotsiatsiyasi esa mazkur taklifga qarshi chiqdi. Assotsiatsiya vakillariga kora, aksiz joriy etilgan taqdirda Ozbekistonda mebel mahsulotlari qimmatlashi, ishlab chiqaruvchilar kamayishi, minglab ish orinlari qisqarishi, aholining malum bir tabaqalari mebel sotib olishga qurbi yetmasligi va tayyor mebelga aksiz ornatilmagani sababli bozorni import mahsuloti egallashiga olib kelishi mumkin.Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasiham mazkur taklifga qarshi chiqqan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0