Farzandiga tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmagan 5 ming nafardan ziyod ota-ona javobgarlikka tortildi

Joriy yilning otgan 11 oyi mobaynida spirtli ichimliklarga ruju qoygan 3 nafar voyaga yetmagan shaxs Sogliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika muassasalariga davolanish uchun yuborildi. 4 700 nafar oquvchining talim maskaniga bormay, nazoratsiz yurganligi aniqlanib, ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borildi. Bu haqda 16-dekabr, dushanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bolib otgan brifingda IIV rasmiysi malum qildi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri. Foto: DaryoQayd etilishicha, voyaga yetmagan farzandiga talim-tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmagan 5 ming nafardan ziyod ota-ona mamuriy javobgarlikka tortilgan hamda ularning har biriga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima qollanilgan.Voyaga yetmaganlar orasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar noqonuniy sotilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar mavzusidagi matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilning otgan davri mobaynida Ozbekistonda Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotini istemol qilish) boyicha 119 mingdan ortiq mamuriy huquqbuzarlik holati kuzatilgan. Natijada 3 milliard somdan ortiq jarima undirilgan.Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 56-1-moddasi (jamoat joylarida tamaki mahsulotini istemol qilish)ga asosan esa 145 mingdan ortiq mamuriy huquqbuzarlik sodir etilgan hamda 5 milliard somga yaqin mablag jarima qilingan.Talim, sport va diniy muassasalardan 200 metrdan kam radiusda alkogol va tamaki mahsulotlari sotishni yolga qoygan savdo dokonlari 3744 marta ogohlantirilgan. Keyinroq ularning litsenziyasini toxtatish boyicha mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritilgan hamda litsenziyalari vaqtinchalik toxtatilgan. Shundan 2790 tasi maktab, 66 tasi akademik litsey, 429 tasi kasb-hunar kollejlari va 459 tasi masjidlar atrofidagi savdo shoxobchalariga togri kelgan, dedi IIV Huquqbuzarlik profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligi Baxtiyor Berdialiyev.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0