Ozbekistonlik harbiylar AQShda otkazilgan xalqaro tanlovda golib boldi (foto)

Ozbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSh harbiy xizmatchilari (Missisipi, AQSh) ortasida har yili ananaviy ravishda otkaziladigan Eng yaxshi jangchi harbiy tanlovida ishtirok etib, oz toifalarida 1-orinni qolga kiritdi. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Daryoga malum qildi. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiUshbu musobaqada Ozbekiston Mudofaa vazirligi vakillari serjant Sardor Mamarasulov va kichik serjant Muhriddin Ochilov birinchi marotaba ishtirok etib, Missisipi Milliy gvardiyasining turli bolinmalaridan qatnashgan 14 nafar serjant bilan bahslashib, bilim va mahoratlarini namoyish etdi.Musobaqa Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tashkil etilganligining 338 yilligi munosabati bilan otkazildi. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiMusobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar 9 elementdan iborat tosiq chiziqlarini bosib otdi.Keyingi bosqichda Ozbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari jismoniy tayyorgarlik boyicha sinov imtihonlarini topshirdi. Unda yerga tayangan holatda mashq bajarish, press, 3,2 kilometrga yugurish, 110 kilogramm ogirlikdagi shtangani turgan holatda kotarish, 5 kilogramm ogirlikdagi topni uloqtirish, turnikda tortilish, qisqa masofaga yugurish (25 metr) kabilar boyicha oz jismoniy qobiliyatlarini namoyish qildi. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiNavbatdagi bosqichda Ozbekiston Mudofaa vazirligining kichik mutaxassislari Amerika armiyasi qurollari Beretta topponchasi, M-4 avtomati, M-240 qol pulemyoti, M-249 ogir avtomati va avtomatik minomyotlarni qismlarga ajratib-yigish shartini ham muvaffaqiyatli bajardi. Bundan tashqari ozbek harbiylari zamonaviy manekenlardan foydalangan holda, jarohatlar va shikastlanishlarda birinchi tibbiy yordam korsatish boyicha ham sinovlardan muvaffaqiyatli otdi. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti20 kilometrga marsh yurish va turli xil qurollardan nishonlarga otish, shuningdek, qol granatalarini uloqtirish shartlarida ham Ozbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari yuqori jangovar tayyorgarlik va kasbiy mahoratga ega ekanliklarini yana bir bor namoyish etdi, deyiladi xabarda. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiYakuniy natijalarga kora, Eng yaxshi jangchi musobaqasida Ozbekiston Mudofaa vazirligi vakillari katta serjant Sardor Mamarasulov va kichik serjant Muhriddin Ochilov oz toifalarida 1-orinni egalladi. Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0