Qoyliqdagi metro qurilishi ishlari sababli bir nechta avtobus harakatiga ozgartirish kiritiladi

Toshkent metropolitenining Qoyliq yonalishida qurilish ishlari olib borilayotganligini sababli Toshkent halqa avtomobil yoli, Bektemir yoli, Fargona yoli kochalari kesishmasida transport harakati 16-dekabrdan 20-dekabrga qadar cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. Foto: Toshkent shahar hokimligiMazkur cheklov sababli, bir qator avtobuslarning harakat yonalishiga ozgartirish kiritiladi.Shu jumladan, 15, 81, 93-sonli avtobuslar harakati Qoyliq 1-mavzesi AShBdan boshlanib, Qoyliq 1-mavzesi orqali THAY kochasidan Qoyliq buyum bozorigacha boradi. Shundan song mazkur avtobuslar Qoyliq buyum bozoridan keyingi birinchi burilishdan orqaga burilib oladi va THAY, Qoyliq 1-mavzesi, Munis, Fargona yoli kochalari orqali harakatini davom ettiradi. Qaytish yonalishidagi harakat esa Fargona yoli, Munis, Qoyliq 1-mavzesi kochalari orqali Qoyliq 1-mavzesi AShBgacha tashkil etiladi.99, 110-sonli avtobuslar Husayn Boyqaro kochasidan harakatni boshlab, Bektemir yoli, Fargona yoli, Munis, Qoyliq 1-mavzesi, THAY kochalari orqali Qoyliq buyum bozorigacha keladi, bozordan keyingi birinchi burilishdan orqaga burilib oladi, keyin esa THAY kochasidan harakatini oz yonalishi boyicha davom ettiradi. Qaytish yonalishida esa mazkur avtobuslar THAYdagi Qoyliq dehqon bozori bekatidan harakatlanib, Qoyliq buyum bozoridan otib, birinchi burilishdan orqaga qayrilib oladi hamda THAY, Qoyliq 1-mavzesi, Munis, Fargona yoli, Bektemir yoli kochalari orqali harakatini davom ettiradi.45-sonli avtobus yonalishi oz harakatini Fargona yoli kochasidan boshlab, Munis, Qoyliq 1-mavzesi, THAY kochalari orqali Qoyliq dehqon bozori bekatigacha keladi. Qaytish yonalishida esa THAY kochasi va Qoyliq buyum bozoridan otib, birinchi burilishdan orqaga burilib oladi hamda THAY, Qoyliq 1-mavzesi, Munis, Fargona yoli kochalaridan harakatini davom ettiradi.13T-sonli avtobus oz harakatini qaytish yonalishida Fargona yoli kochasidan Bektemir yoli, Husayn Boyqaro kochalari orqali THAYdagi Qoyliq dehqon bozori bekatiga kirmasdan tashkil qiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0