Ozavtosanoat ikki qoshma korxona ortasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka izoh berdi

OAVda muassislaridan biri Ozavtosanoat AJ bolgan Janubiy Koreyaning Uz-Dong Yang Co qoshma korxonasi va Uz-Metertech Co qoshma korxonasiortasidagi ozaro munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar togrisida xabarlar tarqalgan. Ozavtosanoat AJ mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. Foto: Ozavtosanoat AJMalum qilinishicha, Ozavtosanoat AJ Uz-Dong Yang Co qoshma korxonasining koreys tomoni bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi. Bundan tashqari, Ozbekistonda 1996-yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan Uz-Dong Yang Co kompaniyasi bilan respublikadagi qoshma loyihalar doirasida faoliyatni kengaytirish rejalashtirilmoqda.Xabar berilishicha, ikki kompaniya ortasida yuzaga kelgan bahsga UzAuto MotorsAJ tomonidan sotib olingan jihoz sabab bolgan. UzAuto MotorsAJ zavodlarini detallar bilan oz vaqtida taminlash boyicha ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish uchun ushbu jihoz kompaniya tasarrufida qolgan holda, Uz-Dong Yang Co qoshma korxonasiga begaraz foydalanishga taqdim etilgan.Ozavtosanoat xabarida aytilishicha, tomonlar bahsi sud tartibida Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korib chiqiladi. Ozavtosanoatning ishonch bildirishicha, Uz-Metertech Co va Uz-Dong Yang Co ortasida yuzaga kelgan masalalar ushbu korxonalarning UzAuto MotorsAJ bilan ozaro manfaatli hamkorligiga tasir korsatmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0